Joniev Faxriddin Qo‘ldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim pedagogikasini modernizatsiyalashning aksiologik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped346.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Furqat Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim pedagogikasini modernizatsiyalashning aksiologik asoslari mohiyati, muammolari va uning konseptual asoslarini ochib berish hamda takomillashtirish modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim pedagogikasining aksiologik jihatlari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ijtimoiylashuvi determinanti sifatida qadriyatli yo‘nalganlikning texnologik va shaxsiy-ijodiy asoslarini o‘z-o‘zini anglashning “Olam – Men – Kelajak” triadasi bilan arxitektonik uyg‘unligi barqarorligiga erishishni ta’minlanishini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish tuzilmasi intellektual-madaniy salohiyatning motivatsion, kognitiv, kreativ komponentlarini xotira va o‘ylash tezligini (IQ-intellekt koeffisienti) genetik, milliy, tarixiy, texnologik omillar bilan bevosita va bilvosita bog‘liqligini mikro, makro va megomuhit ta’siri bilan transformatsiyalashuv darajasi identikligini hissiy-timsoliy negizda belgilash orqali aniqlashtirilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonini aksiologik modernizatsiyalashning maqbul echimlari qadriyatlar tizimining ijtimoiy buyurtmaga muvofiqligi, o‘qitish sifatini belgilashda aksiologik monitoring indikatorlariga ustuvorlik berish, ta’lim mazmunini tanlashda tayanch, variativ, qadriyatli negizlarga tayanish kabi pedagogik shart-sharoitlarning kooperatsiya texnologiyasi bilan adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida aksiologik bilimlarni qo‘llashning talabalarning konstruktiv siyosiy faolligini oshirish, tolerantlik tafakkurni rivojlantirish, terminal va instrumental qadriyatlarni ma’naviy fazilatlar (kompetensiyalar) tarzida ichki anglanishiga erishish kabi istiqbolli yo‘nalishlari global ta’limga asoslangan planetar fikrlash uslubining aql sohasi (noosfera) bilan integrallashuvini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ongida aksiologik dunyoqarashni shakllantirishda talabalarni intellektual-madaniy rivojlantirishning didaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim pedagogikasining aksiologik jihatlari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy ijtimoiylashuvi determinanti sifatida qadriyatli yo‘nalganlikning texnologik va shaxsiy-ijodiy asoslari hamda talabalarda aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish tuzilmasini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti va  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlarida pedagogikani aksiologik modernizatsiyalash konsepsiyasi, talabalar ongida aksiologik ta’lim-tarbiya dinamikasi tasnifini tashkil etishni takomillashtirishda foydalanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi natijalaridan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-37 raqamli “Inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va rolining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” mavzusidagi grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-295-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy urf-odat va an’analarning ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilish usullari, oliy ta’lim tizimiga aksiologik bilimlarni qo‘llash istiqbollari konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim tizimida aksiologik bilimlarni qo‘llashning talabalarning konstruktiv siyosiy faolligini oshirish, tolerantlik tafakkurni rivojlantirish, terminal va instrumental qadriyatlarni ma’naviy fazilatlar (kompetensiyalar) tarzida ichki anglanishiga erishish kabi istiqbolli yo‘nalishlarini takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida 2015–2017 yillarda bajarilgan A-1-37 raqamli “Inson kapitalini rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va rolining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etish” mavzusidagi grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 89-03-295-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi yoshlar orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning samarali targ‘ibotiga ijobiy natija bergan;
ta’lim-tarbiya jarayonini aksiologik modernizatsiyalashning maqbul echimlari qadriyatlar tizimining ijtimoiy buyurtmaga muvofiqligi, o‘qitish sifatini belgilashda aksiologik monitoring indikatorlariga ustuvorlik berish, ta’lim mazmunini tanlashda tayanch, variativ, qadriyatli negizlarga tayanish kabi pedagogik shart-sharoitlarning kooperatsiya texnologiyasi bilan adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” teleradiokanali tomonidan  tayyorlangan “Xizmat doirasida”, “Jurnalist nigohida”, ko‘rsatuvlarini  tayyorlash jarayonida tadbiqqa tortilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” Teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 07 oktyabrdagi 01-16-370-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar, qolaversa xalqimizni, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga, milliy qadriyatlar mavzudagi turkum tele dasturlarning mazmun-mundarijasini yanada boyitish va sifatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish