Maxametova Dilnavoz Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tili ko‘nikmalarini auditoriyadan tashqari  mashg‘ulotlarda rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped408.
Ilmiy rahbar: Usta-Azizova Dilnoza, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori professor;  Kadirova Munira, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida talabalarning amaliy ingliz tili ko‘nikmalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda  rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliy ingliz tilidan ko‘nikmalari tilni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, og‘zaki, majoziy, o‘zini o‘zi rivojlantirishning konstruktiv-texnologik va intellektual-ijodiy parametrlarini ijodiy va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi faoliyati ta`lim olishga qiziqishlari, kommunikativlik, ishchanlik kobiliyati, emotsionallik darajalarini gomogen va geterogen guruhlarda kommunikativ jarayonlarni bosqichma-bosqich faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarning ijodiy faoliyatini reproduktiv va mahsulodor darajalari “ENGLISH CLUB” to‘garaklarida didaktik jaranlarining pedagogik maqbul echimlarni topish va natijaga erishishning bosqichlarini aniqlashtirish asosida  takomillashtirilgan;
talabalarning auditoriyadan tashqarida mustaqil fikrlashini rivojlantirish kasbiy faollik,  ijodiy-yaratuvchanlik darajalarini oshirishga qaratilgan mustaqil o‘qish,   muammoli-integrativ, tarkibiy-mazmuniy va  qadriyatli-semantik komponentlarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlan-tirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishi ma’lumotlilik, savodxonlik, ijodkorlik, san’atkorlik darajalari autodidaktik boshqaruv harakatlari orqali aniqlashtirilgan taklif va xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi).  Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetensiyalarini mustaqil ta’lim komponentlari orqali rivojlantirishga erishilgan;
qadriyatli-motivatsion, izlanuvchan-axborotli, refleksiv, protsessual-faoliyatli, didaktik-texnologik, kognitiv-baholash komponentlarini integrativ ta’minlash asosida rivojlantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligi tuzilmasiga oid taklif va xulosalardan A-1-23-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6     sentyabrdagi02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini didaktik-metodik kompetentligi tuzilmasini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
mavjudlik, intensiv, ijodkorlik ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish modeliga oid taklif va xulosalardan A-1-23-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda amalda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
adaptiv va reproduktiv o‘qitishga transformatsiya paradigmasi o‘zgarishlari kontekstida rivojlantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik-metodik kompetentligiga oid taklif va xulosalardan PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6sentyabrdagi 02-07-2188/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishning modulli bosqichlarini aniqlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish