Fayzullaev Jamshid Ismoiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini  rivojlantirish», (13.00.01)- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1413.
Ilmiy rahbar: Xolikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligi emotsional-irodaviy bosqichli o‘qitish tamoyillarini adaptiv va refleksiv texnik-ijodkorlik munosabatlariga validligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy  kompetentligini rivojlantirish modeli mazmunli, maqsadli, metodologik va baholash-natijali komponentlarini kasbiy-amaliy yo‘naltirilgan ijodkorlik barqarorligiga mutanosibligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy  kompetentligi modeli ijodiy masalalarning qiyinchilik darajalarini taqqoslash, sintezlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va fanlararo aloqadorlik prinsiplari bo‘yicha pedagogik tafakkurning konstruktiv mazmuniga muammoli-faoliyatli moslashtirish asosida  takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil faoliyati ijodiy masalalarni ishlash ko‘nikmalari, dialogik intensivligi, jamoadagi emotsional-pedagogik muhit sharoitlari hamda ijtimoiy kompetensiyalarga ratsional-texnologik intellektual salohiyatni dinamik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda kompetentli, tizimli va faoliyatli yondashuvlarni mazmunli, motivatsion va emotsional-irodaviy komponentlar uyg‘unligini  ta’minlash asosida rivojlantirishga oid takliflar asosida “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 552-son buyrug‘iga asosan berilgan 522-097 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning kasbiy kompetenligini rivojlanirishga doir ilmiy manbalarni pedagogik va psixologik tahlil etish imkoniyati kengaytirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy  kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli, metodologik, mazmunli va baholash-natijali komponentlar asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 sentyabrdagi 02-07-2248/04 son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirilgan;
bo‘lajak muxandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish kasbiy – amaliy  yo‘naltirilgan (muammoli-faoliyatli, ijodiy) masalalarni darajalashtirish, taqqoslash, taxlil va sintez, mavxumlashtirish, umumlashtirish va fanlararo aloqadorlik o‘rnatish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 552-son buyrug‘iga asosan berilgan 522-097 raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi texnik masalalar ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda fundamental bilimlarni rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish, kasbiy yo‘naltirilgan masalalar echish bo‘yicha asoslangan takliflar asosida “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 552-son buyrug‘iga asosan berilgan 522-097-raqamli guvohnoma). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetenligini rivojlantirishning didaktik imkonyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish