Raximov Sobir Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun axborot texnologiyalaridan mul`timediali didaktik vositalarni shakllantirish mexanizmlari” 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1284.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun axborot texnologiyalaridan mul`timediali didaktik vositalarni shakllantirish va undan ta’lim jarayonida foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida mul`timediali vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari dars jarayonida media vositalar orqali axborotni uzatish va didaktik masalalarni echish usullari, undan foydalanishning pedagogik maqsadlari mazmunini ochib berish asosida  aniqlashtirilgan;
mul`timediali darslik yaratishga qo‘yiladigan psixologik-pedagogik talablar tarkibi didaktik vositalarning motivatsion ta’sirga ega interfaol mezonlarni (o‘qitish hamkorligi, bilimlar bazasi, ortga qaytish) kiritish asosida takomillashtirilgan;
elektron darsliklarni pedagogik loyihalash bosqichlari mul`timedia vositalarini tuzilmaviy (funksional maqsadga ko‘ra, o‘qitish vositalari va tizimlariga ko‘ra) hamda pedagogik faoliyat ko‘rinishlari bo‘yicha turkumlash (chiziqli, gipermatnli, qo‘llanmali, yaratish) asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining ilmiy-uslubiy ta’minoti modullashgan elektron dasturiy vositasi va mul`timediali elektron darslikdan foydalanish metodikasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun axborot texnologiyalaridan mul`timediali didaktik vositalarni shakllantirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida mul`timediali vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, dars jarayonida media vositalari orqali axborotni uzatish va  didaktik masalalarni echish usullari, undan foydalanishning pedagogik maqsadlari mazmuni, mul`timediali darslik  yaratishga qo‘yiladigan psixologik-pedagogik talablar, didaktik vositalarning motivatsion ta’sirga ega interfaol mezonlarga oid takliflar A5-037 raqamli “AKT sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun masofaviy ta’lim elektron tizimini ishlab chiqish” (2015-2017 yillar) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89 03 3366-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun masofaviy ta’lim resurslari ishlab chiqilgan va elektron boshqaruv tizimi joriy etilgan;
oliy ta’lim muassasalari nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanining ilmiy-uslubiy ta’minoti, modullashgan elektron dasturiy vositasi va mul`timediali elektron darslikdan foydalanish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari nomutaxassis ta’lim yo‘nalishi 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Axborot texnologiyalari” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Samarqand davlat universitetining 2020 yil 30 noyabrdagi 4-son qaroriga asosan 262-son nashr ruxsatnomasi). Mazkur qo‘llanma nomutaxassis bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarining mul`timedia resurslari bilan ishlash malakalarini oshirish, mul`timediali didaktik vositalar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
elektron darsliklarni pedagogik loyihalash bosqichlari mul`timedia vositalarini tuzilmaviy hamda pedagogik faoliyat ko‘rinishlari bo‘yicha turkumlashga oid takliflar asosida “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mul`timediali elektron darslik ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89 03 3366-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron darslik talabalarning axborot texnologiyalarga oid bilimlarini mustahkamlash, mustaqil ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish