Teshaboeva Feruza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’limda “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” modulini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalari», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1588.
Ilmiy rahbar: Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilorom Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yakubjanova Dilobar Batirovna, pedagogika fanlari nomzodi (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” modulini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tilini o‘qitish samaradorligi talabalarda metodik ko‘nikmalarni vektorli-izchil rivojlantirish nutqiy klaster talablarini xalqaro baholash dasturlariga bog‘likligini faol nutq vaziyatiga moslashish, o‘z fikrini turli shakllarda ravon va aniq ifodalay olish malakalarini hosil qilish asosida takomillashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarga ona tilini o‘qitish maxsus metodikasi eshitish nuqsonlarini o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarini umumiy, xususiy axloqiy qadriyat me’yorlarini shakllantirish, tuzatish va kompensatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
ona tili o‘qitish maxsus metodikasi modeli bolaning potensial imkoniyatlarini namoyon qilishga qaratilgan bilimlarni mustahkamlash, darslarning axborot ta’minotining yangi avlodini yaratish, o‘qitishning maxsus texnik-pedagogik jihatlarini verbal va noverbal muloqotga moslashtirish asosida takomilashtirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning til o‘rganish motivlari daktil, daktil-og‘zaki, og‘zaki-daktil nutqni o‘rgatishning variativlik tamoyillari va nutqiy-motivatsion korreksiyalash adaptivligi insonning shaxsiy xususiyatlari, moslashuv va reabilitatsiya choralari hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” modulini o‘qitish samaradorligini oshirish texnologiyalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadiiiotlar asosida:
ona tilini o‘qitish samaradorligi talabalarda metodik ko‘nikmalarini vektorli-izchil rivojlantirish, nutqiy klaster talablarini xalqaro baholash dasturlariga motivatsion bog‘liqligini ta’minlash, tuzatish va buzilishlarining individual xususiyatlarining tahlili asosida takomilashtirishga oid takliflari mazkur muassasalarning tayyorlov sinfi “Texnologiya (Predmetli amaliy ta’lim)” darsligi ishlab chiqilgan (Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 30 sentyabrdagi 01/11-01/15-1109-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4235-son ma’lumotnomalari). Natijada oliy ta’lim va ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari ta’lim mazmuni integratsiyasiga erishilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarga ona tilini o‘qitish maxsus metodikasi eshitish nuqsonlarini tuzatish va kompensatsiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarini hal qilish, umumiy, xususiy, axloqiy qadriyat me’yorlarini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar ITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” nomli (2012-2014 yy.) grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4235-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarning eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarga ona tilini samarali o‘rgatish amaliyotiga metodik jihatdan tayyorlashga erishilgan;
ona tili o‘qitish maxsus metodikasi modeli bolaning potensial imkoniyatlarini namoyon qilishga qaratilgan bilimlarni mustahkamlash, barcha darslarning axborot to‘yinganligini oshirish, o‘qitishning maxsus texnik-pedagogik jihatlarini faollashtirish asosida takomilashtirishga oid taklif va tavsiyalar ITD-1-62 raqamli “Nogiron bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” nomli (2012-2014 yy.) grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4235-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning vaqt va makondan qat’iy nazar zaif eshituvchi, kar bolalarga og‘zaki va yozma nutqni o‘rgatish bo‘yicha mustaqil faoliyatini metodik amaliyot bilan bog‘liq ravishda tizimli tashkil etish imkoniyati kengaytirilgan;
kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning til o‘rganish motivlari daktil, daktil-og‘zaki, og‘zaki-daktil nutqni o‘rgatishning variativlik tamoyillari va nutqiy-motivatsion korreksiyalash adaptivligi insonning shaxsiy xususiyatlari, moslashuv va reabilitatsiya choralarining ratsionallagini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish maxsus metodikasi” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va modulli yakuniy nazorat topshiriqlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4235-son ma’lumotnomasi), Natijada surdopedagogika yo‘nalishi talabalarining ona tiliga oid bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini tizimli rivojlantirishga erishilgan.