Mamatova Feruza Maxammadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek frazeologizmlarida oilaviy an’ana va munosabatlarning lingvomadaniy tadqiqi)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil.1230.
Ilmiy rahbar: Agzamova Dildora Baxadirjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy an’ana va munosabatlarga oid ingliz va o‘zbek frazeologizmlarining lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish va chog‘ishtirishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi frazeologizmlarda oilaviy an’ana va munosabatlarning lingvomadaniy xususiyatlarini verifikatsiya qilish jarayonida respondentning yoshi, jinsi, oilaviy an’ana va munosabatlar masalasida esa oilaviy ahvoli ham muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan;  
ingliz frazeologizmlarida aks etgan oila-nikoh, turmush o‘rtoq tanlash, turmush qurish, farzand tarbiyasi kabi oilaviy an’analarning konseptual-tematik maydonlari hamda o‘zbek frazeologizmlarida oila-nikoh, turmush o‘rtoq tanlash, turmush qurish, to‘y va farzand tarbiyasi kabi oilaviy an’analarga oid konseptual-tematik maydonlarning ko‘pligi asoslangan;
 ingliz frazeologizmlarida aks etgan er va xotin, ota-ona va farzand, aka-uka, opa-singil kabi oilaviy munosabatlarning konseptual-tematik maydonlari hamda o‘zbek frazeologizmlarida er va xotin, ota-ona va farzand, aka-uka, opa-singil, tog‘a, amma, jiyan, ovsin, boja kabi qarindrshlar orasidagi munosabatlarni ifodalovchi  konseptual-tematik maydonlarning ko‘p uchrashi isbotlangan;
ingliz oilaviy an’ana va munosabatlarining ingliz so‘kong‘ich xotini, farzandlar katta harajat, ingliz to‘ylari sanasi kabi konseptual-tematik maydonlari o‘zbek tilida aniqlanmaganligi hamda o‘zbek oilaviy an’ana va munosabatlarning o‘zbekning kengashli to‘ylari, oilada qiz farzand tarbiyasi, qo‘shxotinlilik azoblari kabi konseptual-tematik maydonlari ingliz olamining lisoniy manzarasida aks etmaganligi dalillangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ingliz va o‘zbek frazeologizmlarida aks etgan oilaviy an’ana va munosabatlarning lingvomadaniy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek frazeologizmlarida aks etgan oilaviy an’ana va munosabatlarning milliy-madaniy xususiyatlari, ya’ni nikoh, to‘y, turmush kabi hamda amma, tog‘a va jiyan, ovsinlar, qudalar qaynegachi, qaynisingil va kelin, kuyov, ovsinlar, bojalar bilan munosabatlar kabi farqli jixatlariga oid xulosalaridan Evropa ittifoqining ERASMUS + dasturi loyihasi doirasida Termiz davlat universiteti 2016-2019-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER –Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of access-Prokladivanie puti k mejregional`noy mobil`nosti i obespecheniya aktual`nosti, kachestva i ravenstva dostupa) loyihasida foydalanilgan (Termez davlat universitetining 2021 yil 22 iyundagi  04/12-1727-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy an’ana va munosabatlarga oid milliy-madaniy frazeologizmlarning tahlillari frazeologizmlarning tarjimasi, ularni madaniyatlararo muloqot jarayonlarida to‘g‘ri qo‘llash sifatini oshirishga  imkoni yaratilgan;
ingliz va o‘zbek frazeologizmlarida aks etgan oila-nikoh, turmush o‘rtoq tanlash, turmush qurish, to‘y va farzand tarbiyasi kabi oilaviy an’analarning konseptual-tematik maydonlari hamda ingliz va o‘zbek frazeologizmlarida aks etgan er va xotin, ota-ona va farzand, aka-uka, opa-singil kabi oilaviy munosabatlarning konseptual-tematik maydonlariga oid xulosalaridan “Paremiological dictionary of English and Uzbek Family traditions/ Ingliz va o’zbek oilaviy an’analari  paremiologik lug’ati”  nomli ikki tilli lug‘ati mobil ilova sifatida yaratilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 29 iyundagi 04/11-3562-con ma’lumotnomasi).  Natijada, oilaviy an’ana va munosabatlarni aks ettiruvchi ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarning ekvivalentlari va talqinlari borasidagi bahsli masalalarga oydinliklar kiritilgan;
ingliz oilaviy an’ana va munosabatlarining ingliz so‘kong‘ich xotini, farzandlar katta harajat, ingliz to‘ylari sanasi kabi konseptual-tematik maydonlari o‘zbek tilida aniqlanmaganligi hamda o‘zbek oilaviy an’ana va munosabatlarining o‘zbekning kengashli to‘ylari, oilada qiz farzand tarbiyasi, qo‘shxotinlilik azoblari kabi konseptual-tematik maydonlari ingliz olamining lisoniy manzarasida aks etmaganligiga oid xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilgan «Ibtido» nomli ko‘rsatuv sahifasi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 avgustdagi 01-40-1360-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy an’ana va munosabatlarga oid ingliz, o‘zbek maqol va iboralarining milliy-madaniy jihatdan o‘ziga xos, o‘xshash va farqli tomonlarini ochib berishda olib borgan tadqiqotning natijalarida keltirilgan ma’lumotlar ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish