Kurbanova Gulnoz Negmatovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped109.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy maslahatchi: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik muloqot vositasida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari sifatli kasbiy tayyorgarlik omili sifatida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv orqali vrach va mijozning o‘zaro munosabatlarining insonparvar yo‘nalganligi, davolash ishida oqilona qarorlar qabul qilishga doir ongli munosabatining dinamiklik jihatini tibbiy pedagogika bilan integrativligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish tuzilmasi bilim, tajriba va zehn orqali kasallikni aniqlay olish qobiliyati, tibbiy tashxis qo‘yish, tibbiy muolajalarni amalga oshirishga tayyorlik komponentlarning majmuaviy tahlil, nazariy va amaliy-klinik taqqoslash, obrazli-shartli umumlashma qilish, texnologik qarorlar qabul qilish, refleksiv-baholovchi nazorat kabi fikriy jarayonlar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish jarayonida hamkorlikdagi birgalikdagi faoliyatni tashkil etish modelining amaliy komponenti o‘quv maqsadlari daraxtini dixotomik tavsifga ega talabalarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyati bilan integratsiyasini ta’minlashga doir ko‘rgazmali, ko‘rsatmali-reproduktiv metodlarga asoslangan integrativ texnologiyaning birinchi va  muammoli-rivojlantiruvchi o‘qitish usullariga ustuvorlik berilgan ikkinchi darajalarining muntazam bir-birini boyitib borish mexanizmini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tashxis, baholash, bilimlarni o‘zlashtirishning adabiy va hayotiy manbalari, texnologik modellar kabi pedagogik vositalar,  namoyishli, o‘qituvchining xatti-harakatlarini “ko‘chirib o‘tkazish”, muammoli, loyihaviy, modellashtirish kabi metodlar, nazariy-tadqiqotchilik, amaliy-izlanishli, ijodiy-guruhiy, individual-kreativ mashg‘ulotlarning integrallashuvini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik muloqot vositasida oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni rivojlantirishga oid kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida muammoli masalalarni loyihalash, muammoga qadamba-qadam echim topish, kasbiy-amaliy harakatlar manbai sifatida o‘quv axborotlarining to‘liqligi, to‘g‘riligi, istiqbolni ko‘zda tutishini aniqlashtirish, mikro va makro darajadagi tadqiqotchilik topshiriqlarni tanlashni o‘zida aks ettiruvchi algoritmga asoslangan mexanizmni tatbiq etishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik muloqot vositasida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini sifatli kasbiy tayyorgarlik omili sifatida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv orqali vrach va mijozning o‘zaro munosabatlarining insonparvar yo‘nalganligi, davolash ishida oqilona qarorlar qabul qilishga doir ongli munosabatining dinamiklik jihatini tibbiy pedagogika bilan integrativligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflardan 5111000 – Kasb ta’limi (5510100 – Davolash ishi) bakalariat yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-109-raqamli guvohnoma). Natijada, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi talabalarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish tuzilmasini bilim, tajriba va zehn orqali kasallikni aniqlay olish qobiliyati, tibbiy tashxis qo‘yish, tibbiy muolajalarni amalga oshirishga tayyorlik komponentlarning majmuaviy tahlil, nazariy va amaliy-klinik taqqoslash, obrazli-shartli umumlashma qilish, texnologik qarorlar qabul qilish, refleksiv-baholovchi nazorat kabi fikriy jarayonlar bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi intensivligini hisobga olish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111000 – Kasb ta’limi (5510100 – Davolash ishi) bakalariat yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-109-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tibbiy pedagoglarda kasbiy tafakkurni rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish jarayonida hamkorlikdagi birgalikdagi faoliyatni tashkil etish modelining amaliy komponentini o‘quv maqsadlari daraxtini dixotomik tavsifga ega talabalarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyati bilan integratsiyasini ta’minlashga doir ko‘rgazmali, ko‘rsatmali-reproduktiv metodlarga asoslangan integrativ texnologiyaning birinchi va  muammoli-rivojlantiruvchi o‘qitish usullariga ustuvorlik berilgan ikkinchi darajalarining muntazam bir-birini boyitib borish mexanizmini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan IZ-2020041512-raqamli “Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “Tibbiyot pedagogikasi” elektron metodik portalini yaratish (2021-2023 yy.) nomli  amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 2 apreldagi 03/1442-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tibbiyot xodimlarida kasbiy diskursni rivojlantirishga xizmat qilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini tashxis, baholash, bilimlarni o‘zlashtirishning adabiy va hayotiy manbalari, texnologik modellar kabi pedagogik vositalar,  namoyishli, o‘qituvchining xatti-harakatlarini “ko‘chirib o‘tkazish”, muammoli, loyihaviy, modellashtirish kabi metodlar, nazariy-tadqiqotchilik, amaliy-izlanishli, ijodiy-guruhiy, individual-kreativ mashg‘ulotlarning integrallashuvini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111000 – Kasb ta’limi (5510100 – Davolash ishi) bakalariat yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-109-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni kasbiy-izlanishli tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogik muloqot vositasida oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy tafakkurni rivojlantirishga oid kompetensiyaviy, refleksiv yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida muammoli masalalarni loyihalash, muammoga qadamba-qadam echim topish, kasbiy-amaliy harakatlar manbai sifatida o‘quv axborotlarining to‘liqligi, to‘g‘riligi, istiqbolni ko‘zda tutishini aniqlashtirish, mikro va makro darajadagi tadqiqotchilik topshiriqlarni tanlashni o‘zida aks ettiruvchi algoritmga asoslangan mexanizmni tatbiq etishga doir ilmiy taklif va tavsiyalardan AIF 2/20 - “Texnik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish” (2019-2021 yy) mavzusidagi  xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat tibbiyot institutining 2021 yil 2 apreldagi 03/1442-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda kasbiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish