Jumaniyazov Bekzod Ochilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.1.PhD/Tar 418.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarboev Raximnazar Jumanazarovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va maliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi istiqlol yillarida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanish va rivojlanish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini tizimli ravishda va tarixiylik tamoyillari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda etishda nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash, mahalla, milliy urf-odatlar va qadriyatlar asosida xalq hayotini boshqarish, ular faoliyatini faollashtirish va tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan;
siyosiy partiyalarning g‘oya va mafkuralaridagi o‘zaro muxolifiylik jihatlari tadrijiy yo‘l bilan shakllanganligi natijasida parlament va mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik o‘rinlari uchun partiyalararo kurashlar ham jamiyatda plyuralizmning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratganligi, partiyalar dasturiy maqsadlarini va nomzodlarini qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarning manfaatlarini izchil ilgari surish uchun zarur imkoniyatga ega bo‘lganligi asoslangan;
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi rivojlanishining tarixiy xususiyatlari hamda milliy va ma’naviy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish imkoniyatining yaratilishi mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlashga asos bo‘layotganligi dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida fuqarolik jamiyati qurishning konseptual asoslarini ishlab chiqishga harakat qilingan bo‘lsa-da, islohotlar xalqaro talablarga javob bera oladigan fuqarolik jamiyatiga oid konseptual hujjatlar va qonunchilikni takomillashtirish bilan cheklanib, ularning jamiyatda ijroiya hokimiyatining bosh islohotchiligi asosida amalga oshirilgani sababli belgilangan strategik maqsadlar amalga oshmay qolganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzuga doir olib borilgan tadqiqotlar yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar quyidagicha tarzda joriy qilindi:
mamlakatda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan takliflaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tadbirlarini amalga oshirish uchun dastur va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining 2019 yil 14 iyundagi 04-13/2766-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning siyosiy faolligini yanada oshirishga, bo‘sh vaqtdan samarali foydalanishiga xizmat qilgan;
o‘zbek xalqining o‘z ildizlari va tarixiga, milliy qadriyatlariga tayanib, mahallaning o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatidagi o‘rnini rivojlantirish, mahallalarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam dasturidagi takliflarida ham o‘z aksini topgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 17 iyundagi 02-01/367-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning qalbi, ruhiyati, ma’naviy, badiiy olamini, borliqni badiiy-estetik anglash xususiyatlarini yanada yaxshiroq bilish, ma’naviy-estetik ehtiyojlarini sifatli qondirishga xizmat qilgan;
nodavlat-notijorat tashkilotlar assotsiatsiyasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashi raislari hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida keng foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2019 yil 09 iyuldagi 02/09-928-19-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimizning qalbi, ruhiyati, ma’naviy, badiiy olamini, borliqni badiiy-estetik anglash xususiyatlarini yanada yaxshiroq bilish, ma’naviy-estetik ehtiyojlarini sifatli qondirishga xizmat qilgan.