Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish» (13.00.01)- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1655.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalari kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik, axborot-konstruktiv texnologiyalar muhitiga ijodiy yondashuvlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga integrallashgan harakatlar tizimi bilan refleksiflikni pedagogik jarayonlarning adaptivligiga moslash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi integrativ yondashuv, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan idientligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajalari istiqbolli tashxislash, ijtimoiy-axborot muhiti, maqsadli, mazmunli-tashkiliy va baholovchi-tashxislovchi funksional komponentlarini bosqichma-bosqich kiritib borish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalari kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik, axborot-konstruktiv texnologiyalar muhitini ijodiy yondashuvlar natijalarini kiritish asosida takomillashtirishga oid taklfilar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4267/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda integrativ, faoliyatli, tabaqalashgan va axborot-texnologik yondashuvlar asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan integrallashgan harakatlar tizimi bilan refleksiflikni pedagogik jarayonlarning adaptivligiga ta’minlash asosida takomillashtirishga oid taklfilar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4267/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi didaktik jihatlarini kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi integrativ yondashuv, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirish indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichni samarali muloqot jarayonlari bilan idientligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4267/04-son dalolatnomasi). Natijada, innovatsion yondashuvlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajalari istiqbolli tashxislash, ijtimoiy-axborot muhiti, maqsadli, mazmunli-tashkiliy va baholovchi-tashxislovchi funksional komponentlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 30 dekabrdagi 02-07-4267/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish