Alimova Shaxnoza Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Media texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish (rus tilini o‘qitish misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1148.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi media texnologiyalar yordamida bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatishning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
media texnologiyalar yordamida bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish tizimi mazmunini takomillashtirish bosqichlari (media savodxonlik, ommaviy axborot vositalarini o‘zlashtirish, media kompetentlik)ning pedagogik imkoniyatlari media-texnologiyalar va veb-kvestlarning didaktik tamoyillarini birlashtirish asosida kengaytirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish modeli «Universitet media kutubxonasi», media-kataloglar va mediatekalarni mul`tidasturlashga mo‘ljallab optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish tizimi axborotning xususiyati, media texnologiyalari, baholash va monitoringi ekstrapolyasiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini ustuvor ma’lumotlarni berish, baholash va kuzatib borish orqali media madaniyatini keng rivojlantirish imkoniyatlarini yaratish uchun «Rus tili dunyosida», «Zamonaviy rus tili» elektron  manbalaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Media texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ommaviy axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalanish, ularning xavfsizligini ta’minlash, kelajakda o‘qituvchilar tomonidan o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha takliflar I-XT-0-19929 Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)»nomli innovatsion loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020  yil 11 avgustdagi 89-03-3252-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kelgusidagi kasbiy sifatlarini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, izlanish, fikrlarni shakllantirish, so‘zlash, jarayonining vaqtni boshqarish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
mediali strim texnologiyalarini bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘qitish jarayoniga samarali qo‘llash, xususan, bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish modeli «Universitet media kutubxonasi», media-kataloglar va mediatekalarni optimallashtirish bo‘yicha takliflardan  I-XT-0-19929 -»Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yichaelektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish (matematika, informatika)» nomli innovatsion loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 avgustdagi 89-03-3252-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv materiallarini podkastlar shaklida tahsil oluvchilarga etkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilib, ushbu texnologiyadan o‘quv jarayonida foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
ishlab chiqilgan «Rus tili dunyosida», «Zamonaviy rus tili» elektron resurslaridan A1-XT092997 davlat raqami bilan ro‘yxatidan o‘tgan «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» innovatsion loyihasining amaliy vazifalarini bajarishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020  yil 11 avgustdagi 89-03-3252-son ma’lumotnomasi). Natijada, veb-xizmatlar orqali podkastlarni yaratish va uzatish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar uchun ularni yuklab olish, materialni to‘liq o‘zlashtirish uchun ularni ko‘rish, masofaviy maslahatlar olishi ta’minlangan,;
eksperimental Dastur asosida ishlab chiqilgan materiallar va takliflardan A1-XT092997 davlat raqami bilan ro‘yxatidan o‘tgan «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» innovatsion loyihasining amaliy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020  yil 11 avgustdagi 89-03-3252-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Universitet media kutubxonasi» texnologiyalari, media-kataloglar va media-kutubxonalarni takomillashtirish asosida bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining media-kompetensiyalari rivojlangan, veb-xizmatlar orqali podkastlarni yaratish va yuborish jarayonida ularning masofaviy maslahatlar olishi ta’minlangan, ularni yuklab olish va materialni to‘liq o‘zlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish