Omanqulova Shohida Nematillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirish” 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1168.
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Faxriddin, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik jihati o‘quvchilarning musiqa va san’atga qiziqishlarini oshirish orqali milliy identiklikni shakllantirishning pragmatik xususiyatlarini ta’sirchanlik darajasi barqarorligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirishning motivatsion, maxsus, musiqiy, ijrochilikka doir, pedagogik tarkibiy qismlari musiqa ta’limiga kompyuter texnologiyalari, madaniy dasturiy vositalarni adaptiv qo‘llashning struktur va utilitar  jihatlaridan maktab repurtuarida foydalanishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
modulli o‘qitish texnologiyalari asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik modelini mazmunli komponenti o‘quv materiallarini yirik bloklar asosida tizimlashtirish, integrallashgan didaktik maqsadlarni o‘quv elementlariga ajratish, musiqiy-pedagogik mahoratni mantiqiy o‘zlashtirish bosqichlarini klasterli yondashuv bilan ichki integratsiyani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning xususiy-metodik darajasi “Dirijyorlik” elektiv kursini makro, mikro va submodullar ko‘rinishida loyihalash, muammoli, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan, ko‘rgazmali-produktiv, loyihaviy va kreativ metodlarni pedagogik faoliyatni individual qo‘llab-quvvatlash kartasi bilan amaliy uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini  takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik jihati o‘quvchilarning musiqa va san’atga qiziqishlarini oshirish orqali milliy identiklikni shakllantirishning pragmatik xususiyatlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 5111100 – Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5428-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda mutaxassislik fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini takomillashtirishning motivatsion, maxsus, musiqiy, ijrochilikka doir, pedagogik tarkibiy qismlari musiqa ta’limiga kompyuter texnologiyalari, madaniy dasturiy vositalarni adaptiv qo‘llashning struktur va utilitar  jihatlaridan maktab repurtuarida foydalanishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga oid takliflari 5111100 – Musiqa ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan hamda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5428-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajalariga oid musiqiy-ijodiy, ijrochilik, pedagogik ko‘nikmalarini takomillashishiga xizmat qilgan;
modulli o‘qitish texnologiyalari asosida bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik modelini mazmunli komponenti o‘quv materiallarini yirik bloklar asosida tizimlashtirish, integrallashgan didaktik maqsadlarni o‘quv elementlariga ajratish, musiqiy-pedagogik mahoratni mantiqiy o‘zlashtirish bosqichlarini klasterli yondashuv bilan ichki integratsiyani ta’minlashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2016-2018 yillarda bajarilgan PZ-2016-0905173317 raqamli “O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5428-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining xor va xorshunoslik, dirijyorlik, vokal ijrochiligi, cholg‘u ijrochiligi, musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahliliga oid kompetensiyalariga oid ko‘rsatkichlarning 13-14 foiz o‘sishiga erishilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning xususiy-metodik darajasi “Dirijyorlik” elektiv kursini makro, mikro va submodullar ko‘rinishida loyihalash, muammoli, amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan, ko‘rgazmali-produktiv, loyihaviy va kreativ metodlarni pedagogik faoliyatni individual qo‘llab-quvvatlash kartasi bilan amaliy uyg‘unlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan  “Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida kasbiy kompetentliligini  takomillashtirish mazmuni” nomli metodik tavsiyanomani ishlab chiqishda  foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-5428-son ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalari asosida dirijyorlik oid kasbiy kompetentliligini  takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish