Raximova Xurshidaxon Sadiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koxlear implantli bolalarning eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1587.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldoshevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabova Zulfiya Norboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Fayzieva Ubayda Yunusovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi koxlear implantli bolalarni eshituv-nutqiy reabilitatsiyalashning samarali omillarini aniqlash va korreksion ish mazmunini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan surdopedagogik ish mazmuni o‘yinli muhitning tibbiy-gigienik, korreksion-pedagogik, validlik va ishonchli, o‘z faoliyati mahsullarini muqobil tanqidiy qayta ishlash asosida rivojlantirilgan;
koxlear implantli bolalarning eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi kinestetik idrok tamoyillarini prognozlash, nutqiy-protsessual ta’sirning yaxlit konsentrik bosqichlarini aniqlash, me’yoriy-aksiologik mezonlarni mehnat va ijtimoiy muhitga mazmunli-komponentli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
koxlear implantli bolalarning eshituv-nutqiy jarohatdan keyingi fiziologik tiklanishi hissiy charchash, passiv faoliyat, eshitish idrokining pastligi, verbal va noverbal muloqotdagi nofaollik hamda hayotda ijtimoiy yakkalanish holatlarini adekvat bartaraf etib borish asosida rivojlantirilgan;
koxlear implantli bolalarning eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi moduli korreksion-aqliy mikromashg‘ulotlarni kommunikativ-amaliy muloqotga yo‘nalgan dinamik-vektorli korreksiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Koxlear implantli bolalarni eshituv-nutqiy reabilitatsiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida:
koxlear implantli bolalar bilan olib boriladigan surdopedagogik ish mazmuni o‘yinli muhit gigienik, pedagogik, psixologik, tashkiliy talablari va refleksiv qayta aloqaga asoslangan, kommunikativ amaliy muloqotga yo‘nalgan metodlarni o‘zaro optimallash asosida rivojlantirishga oid takliflar asosida “Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-102-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89.03-4287-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni koxlear implantli bolalar bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayoni yaxshilangan;
koxlear implantli bolalarning eshituv-nutqiy reabilitatsiyasini baholovchi mezonlar nutqiy eshituv va kinestetik idrok tamoyillarini kompleks prognostik, protsessual, diagnostik ta’sirning konsentrik bosqichlariga optimallashtirish asosida “Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-102-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89.03-4287-son ma’lumotnomalari). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni koxlear implantli bolalar bilan bog‘liq kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash jarayoni metodik ta’minoti yaxshilanib, koxlear implantli bolalarni o‘qitish samaradorligi oshishiga erishilgan;
koxlear implantli bolalarni eshituv-nutqiy reabilitatsiyalash texnologiyalari tibbiy-pedagogik-psixologik yondashuvlar va rivojlantiruvchi ta’lim metodlarini integratsiyalash asosida “Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-102-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89.03-4287-son ma’lumotnomasi). Natijada korreksion-pedagogik ishlarning samaradorligini oshirishda mutaxassislar va ota-onalar ishtirokini maqsadli ta’minlashga erishilgan;
koxlear implantli bolalar eshituv-nutqiy faoliyatga tayyorligini baholash mezonlarini optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalardan ITD-1-61-raqamli “Defektologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistrlarni tayyorlash jarayoniga zamonaviy ta’lim modellari ta’sirini tadqiq etish” nomli amaliy grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89.03-4287-son ma’lumotnomasi). Natijada, koxlear implantli bolalarni mustaqil nutqiy muloqotga tayyorlash usullari, vositalari ota-onalar va keng jamoatchilikka targ‘ib qilish samaradorligi oshirilgan.