Djuraeva Sanabar Nurmatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonning janubiy hududidagi ziyoratgohlar tarixi va ularning mahalliy aholi hayotida tutgan o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tar129.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori; Ismoilova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo va Surxondaryo vohasidagi muqaddas ziyoratgohlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixini o‘rganish hamda ularning aholi ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida allomalar, sahobalar, sayyidlar va mahalliy ulamolarning mavjud 67 ta ziyoratgohlaridan tasavvuf ta’limoti vakillari (8 ta), islom olamida fan va xadisshunoslik ilmi rivojiga hissa qo‘shgan shaxslar (3 ta), avliyo, pir darajasidagi shaxslar (5 ta), xo‘ja, sayyid va sahobalar (10 ta), tarixiy shaxslar nomi bilan (6 ta), adabiyot fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar (1 ta), afsona va rivoyat, joy nomlari(3 ta) bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsi aniqlanmagan yoki rasmiy ma’lumotlar saqlanmagan hamda mahalliy aholigagina ma’lum bo‘lgan 31 ta ziyoratgohlar aniqlangan;
Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlarning aksariyati termiziylar nomi bilan bog‘liqligi, ular turli hududiy toponomik birlik asosida shakllanganligi, vohada shu davrga qadar ma’lum bo‘lgan ulamolar (7 ta), payg‘ambarlar (1 ta), sayyidlar (1 ta) va sahobalarning (2 ta) ziyoratgohlaridan tashqari, nomlari noma’lum bo‘lgan ulamolar (3 ta), sahobalar (6 ta), xo‘jalar (15 ta) va mahalliy pirlardan (5 ta) hamda tabiat tomonidan paydo bo‘lgan (14 ta), faqatgina mahalliy aholigagina ma’lum (38 ta) ziyoratgohlar nomi aniqlanib, 92 ta ziyorat ob’ektlaridan 54 tasi hozirga qadar davlat muhofazasiga olinmaganligi aniqlangan;
Qashqadaryo vohasi ziyoratgohlari o‘rta asrlar islom me’moriy an’analarini o‘zida aks ettirgan (IX-XIV asrlar), qurilish uslubi va bezaklari temuriylar davriga xos bo‘lgan maqbaralar (XIV–XV asrlar), Qarshi-Buxoro uslubidagi gumbazli maqbaralardan (XVII–XVIII asrlar) iborat bo‘lganligi, Surxon vohasidagi ziyoratgohlarning  arxitekturasi IX–XII asrlarga tegishli ekanligi, qurilish uslubi eski an’analar elementlari asosida shakllanganligi, ramziy ziyoratgohlar faqat maqbaralardan tashkil topganligi dalillangan;
Surxon vohasining Xonjiza tog‘i hududida og‘zaki so‘rov natijasida (21 ta) ziyoratgohlar aniqlanib, Domulla Nodir qabristonida dafn etilgan, mahalliy pirlar − domla Nodir Muhammad Samarqandiy, Eshoni Safar Xalifa, So‘fi Hisoriy Xondizagiy, domla Ayniddin va Muhammad Yusuf Ma’yusiy ziyoratgohlari, xo‘jalar nomi bilan bog‘liq − Xo‘jaimurid, Xo‘jaiaspbon, Xo‘jaitund, Xo‘jaipiryax, Sangardak tog‘i tepasida Xo‘jailg‘or, Xo‘jaixubon, Xupar tog‘ida Xo‘jamqara  ziyoratgohlari, buloqlar bilan bog‘liq bo‘lgan − Chashmai Devonoho, Ko‘k teraklar bulog‘i, Obi Surxon, Shayxlar bulog‘i, Qo‘tirbuloq, Chashmai Bibihur-Bibinur, Chashmai Soro, Darvozaho ziyoratgohlari hamda Qirqqiz ob’ektidagi Shakarseb bulog‘i bilan bog‘liq ziyoratgohlar mavjudligi aniqlangan;
Qashqadaryo va Surxon vohalaridagi ziyoratgohlar xaritasi tuzilib, Hazrati Sulton, Hazrati Bashir, Oqsuv, Siypantosh, Sargardak, Xo‘jamayxona, Omonxona, Ushtursang, Xo‘jaipok, Qirqqiz ziyoratgohlari ekoturistik yo‘nalishlar uchun qulay infratuzilma ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning janubiy vohasidagi ziyoratgohlarning tarixi va ularning ma’naviy ahamiyatini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonning janubiy hududlari ziyoratgohlarining shakllanish tarixi, Surxondaryo viloyatida islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning haqiqiy qabrlari, Qashqadaryo viloyatida esa olimu ulamolar, sahobalarning haqiqiy va ramziy qabrlari mavjudligi borasidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ziyorat turizmini rivojlantirishda xarita, yo‘l ko‘rsatkichlar ishlab chiqishda, Imom Buxoriy va Iso Termiziy xalqaro  ilmiy tadqiqot markazi tadqiqotlarida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ziyoratchilar uchun qo‘llanma, bukletlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 3 iyundagi 02-06/3620-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi kelgusida diniy-ta’lim muassasalari,ziyorat turizmini rivojlantirish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo va Surxon vohalaridagi ziyoratgohlar xaritasi tuzilib, Hazrati Sulton, Hazrati Bashir, Oqsuv, Siypantosh, Sargardak, Xo‘jamayxona, Omonxona, Ushtursang, Xo‘jaipok, Qirqqiz ziyoratgohlari ekoturistik yo‘nalishlar uchun qulay infratuzilma ekanligiga doir natijalardan respublikaning janubiy hududlarida ziyorat ekoturistik yo‘nalishlarni rivojlantirishga doir konsepsiyada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligining 2021 yil 6 iyuldagi 03-17-02/3661-son ma’lumotnomasi). Natijalar “Kitob sayyoh” turistik korxonasi tomonidan ichki turizm yo‘nalishlari bo‘yicha sayohatchi va ziyoratchilarni jalb qilish yuzasidan xizmat turlarini kengaytirishga yordam bergan;
Islom ilmi va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan Termiziylar (Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Xoja Samandar Termiziy) faoliyati, ilmu-irfoni, hadisshunoslikka qo‘shgan hissasi, ularning mazmun-mohiyati, asar-larda keltirilgan ma’lumotlarning yoshlarni vatanparvarlik, adolat, kam-tarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishda hamda ularda ilm-fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini amalga oshirishdagi ahamiyati yuza-sidan erishilgan natijalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot marka-zining dasturiy konsepsiyalari ruyxatiga kiritilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2021 yil 21 iyundagi 01-07/134-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Termiziylar asarlarini nashrga tayyorlashda va bu boradagi tadbirlarni belgilashda asos bo‘lgan;  
Surxon vohasining Xonjiza tog‘i hududida og‘zaki so‘rov natijasida (21 ta) ziyoratgohlar aniqlanib, Domulla Nodir qabristonida dafn etilgan, mahalliy pirlar − domla Nodir Muhammad Samarqandiy, Eshoni Safar Xalifa, So‘fi Hisoriy Xondizagiy, domla Ayniddin va Muhammad Yusuf Ma’yusiy ziyoratgohlari, xo‘jalar nomi bilan bog‘liq − Xo‘jaimurid, Xo‘jaiaspbon, Xo‘jaitund, Xo‘jaipiryax, Sangardak tog‘i tepasida Xo‘jailg‘or, Xo‘jaixubon, Xupar tog‘ida Xo‘jamqara  ziyoratgohlari, buloqlar bilan bog‘liq bo‘lgan − Chashmai Devonoho, Ko‘k teraklar bulog‘i, Obi Surxon, Shayxlar bulog‘i, Qo‘tirbuloq, Chashmai Bibihur-Bibinur, Chashmai Soro, Darvozaho ziyoratgohlari hamda Qirqqiz ob’ektidagi Shakarseb bulog‘i bilan bog‘liq ziyoratgohlar mavjudligiga doir ilmiy natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday”, “Mavzu” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 martdagi 02-40-614-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari muqaddas ziyoratgohlarni ma’naviyatimizning muhim belgisi sifatida asrab avaylash, ichki va tashqi turizmni rivojlantirishning bugungi dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish