Sayt test rejimida ishlamoqda

Tashxodjaev Rustam Baxodirxodjaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch klasterli kollinear bo‘linish mexanizmlari», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/FM28.

Ilmiy rahbar: Nasirov Avazbek Karimovich,fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.

Rasmiy opponentlar: Usmanov Pazliddin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Xugaev Avas Vasil`evich, fizika-matematika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Fizika-texnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: uch klasterli kollinear bo‘linish mexanizmlarini tavsiflovchi nazariy formalizmni rivojlantirish va bo‘linishning kollinearlikka olib keluvchi sababni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

haqiqiy uchga bo‘linish jarayonini tavsiflash uchun yangi uchtalik yadro sistemasi usuli ishlab chiqilgan va ayrim hollarda kollinear uchga bo‘linish tabiatda mavjudligi aniqlangan;

235U(nth,f) reaksiyada ketma-ket kollinear uchga bo‘linishda 82Ge+72Ni+82Ge kanali eng ehtimolli ekanligi topilgan;

132Sn yadrosining 72Ni+50Ca sistemasiga yaqin joylashishi bir vaqtda (yoki deyarli ketma-ket) kollinear uchga bo‘linish uchun juda muhimligi ko‘rsatilgan;

72Ni va 50Ca orasidagi bo‘linish to‘sig‘i 50Ca va 132Sn orasidagiga nisbatan balandroqligi ko‘rsatilgan;

uchtalik yadro sistemasining kollinear bo‘linishiga olib keluvchi uzulish arafasidagi boshlang‘ich shartlar topilgan va ularning bo‘linishi uchun muhimligi ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Uch klasterli kollinear bo‘linish mexanizmlarini tadqiq qilish asosida:

252Cf yadrosining o‘z-o‘zidan bo‘linishida 70Ni+50Ca+132Sn kanalining uch klasterga kollinear bo‘linishi ehtimolligi boshqa kanallarga nisbatan kattaroqligi xorijiy ilmiy jurnallarda (Journal of Physics G, 2017; Physical Review C, 2016; Physical Review C, 2017) kollinear uchga bo‘linish kanalini aniqlashda foydalanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi og‘ir yadrolarning kollinear uchga bo‘linish mexanizmini aniqlashga xizmat qilgan;

252Cf yadrosining uchga bo‘linishida Ni va Sn orasidagi nisbiy masofa 24 fm dan katta bo‘lishi sistemaning nokollinear parchalanishiga olib kelishi mumkinligi xorijiy ilmiy jurnallarda (International Journal of Physics E, 2016; European Physical Journal A, 2017; Physical Review C, 2017) bo‘linishni kollinear yoxud nokollinearligini aniqlashda foydananilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi 252Cf  yadrosining nokollinear uchga bo‘linish hollarini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish