Saidova Barno Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyo ayollari ta’lim-tarbiya tizimi tarixiy taraqqiyoti tendensiyalari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1669.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Djuraev Dustmurot, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo ayollari ta’lim-tarbiya tizimi tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini rivojlantirish bosqichlarini ochib berish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlar ta’lim-tarbiyasi jarayonlarining rivojlanish bosqichlari amaliy va milliy qadriyatlar, ijtimoiy hamda madaniy omillarni ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik-aksiologik yondashuvlarga xronologik moslashtirish asosida dalillangan;
xotin-qizlar ta’lim-tarbiyasi taraqqiyoti adabiy asarlardagi obrazlar hamkorlik-modulli, loyihalovchi-rivojlantiruvchi, faoliyatli-pedagogik jarayonlarni xolis baholash hamda ta’lim jarayonini yaxlitlash asosida aniqlangan;
xotin-qizlar ta’lim-tarbiyasiga oid eng qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan tarixiy g‘oyalar Sharq ayollari ta’lim-tarbiyasidagi tabiiylik, o‘zgaruvchanlik va irsiy jihatdan tadrijiy rivojlanish tendensiyalari ayollar ta’limi tarixining mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik komponentlarining dialektik aloqardorligi asosida aniqlangan;
xotin-qizlar ta’limining tarixiy-konseptual interpretatsiyasi voqelikda amalga oshishini talab qilgan shart-sharoitlarning to‘liqligini, tarixiy kontekstini, didaktik talqini mazmun va mohiyatini mantiqiy-ilmiy yondashuv asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Osiyo ayollari ta’lim-tarbiya tizimi tarixiy taraqqiyoti tendensiyalarini o‘rganish asosida:
antik davrdan boshlab XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan davrda xotin-qizlar ta’lim-tarbiyasi jarayonining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ob’ektiv tadqiq qilish va uning mazmuni ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va aksiologik yondashuvlarni o‘zaro yaxlitlash asosida aniqlashga oid takliflar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan berilgan 237-225-son guvohnomasi). Natijada, xotin-qizlar ta’limi va tarbiyasi tizimining qamrovi hamda darajasini o‘rganish imkoniyati oshirilgan;
Avesto va boshqa yozma manbalarni, arxeologik yodgorliklar, adabiy asarlar tahlili asosida antik davrlarda xotin-qizlar ta’limi va tarbiyasi tizimining shakllanishi va ularning taraqqiyoti tayyorgarligi jarayoni hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli pedagogik ta’sir vositalari tarkibini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2807/04-son dalolatnomasi). Natijada, ayollar ta’limi va tarbiyasini takomillashtirish bosqichlarini o‘rganish samaradorligini oshirishga erishilgan;
eng qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan g‘oyalar hamda turli davrlarda Sharq ayollari ta’lim-tarbiyasi masalalarining pedagogik jihatlari mazmunli-jarayonli va tashkiliy-pedagogik komponentlarini uyg‘un optimallashtirish asosida aniqlashga oid takliflar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘iga asosan berilgan 237-225-son guvohnomasi). Natijada, sharq ayollari ta’lim-tarbiyasi masalalarining pedagogik jihatlarini tizimli o‘rganish, eng qadimgi yozma yodgorliklarda ifodalangan g‘oyalardan tortib, bugungi kungacha yaratilgan pedagogik nazariyalarning mazmuni hamda turli davrlarda ta’lim shakllari, ta’lim-tarbiya vositalari, usullari va metodlarini aniqlash hamda qiyosiy taqqoslash imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish