Alkarova Feruza Nazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish vaziyatlarini tashkil etish tizimi (“Texnologiya” ta’limi misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1237.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinova Nilufar Muxammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish vaziyatlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish imkoniyatlari genderga xos individual o‘zgarishlar, mustaqil tafakkur tarziga mos shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabat vaziyatini vujudga keltirish asosida aniqlangan;
texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari ta’lim berishga didaktik yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan reproduktiv va produktiv usulda egallangan bilimlarning mahsuldorligini hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’lim jarayonida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining hamkorligi va aloqadorligi, ijtimoiy-pedagogik vaziyatlar bilan muvofiqlashtirilganligi, texnologiya ta’limida nutqiy-vizual muloqotni faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari didaktik jarayon, tafakkur tarzi, idrok etish imkoniyatlari, gender xususiyatlari innovatsion o‘qitish texnologiyalariga sabab-oqibat bog‘lanishlarini qadriyatli munosabatlarga tarnsformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish vaziyatlarini tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ularning tafakkur tarzi, idrok etish imkoniyati, gender xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy harakat sur’ati, darajasi, yo‘nalganligini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0912150534 – “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 02-02/3-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari gender xususiyatlarni hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish imkonini beruvchi amaliy xarakterdagi o‘quv topshiriqlari, didaktik vaziyatlarni turkumlashtirish, texnologiya darslarida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish shartlarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalaridan FZ-2016-0909111822 “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 02-02/3-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini faollashtirish shart-sharoitlari aniqlangan;
o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning faollashganlik darajasi ko‘rsatkichlari ularning shaxsiy sifatlarini intellektual rivojlanish traektoriyasi bilan texnologiya ta’limi integratsiyasini ta’minlash asosida faollashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0912150534 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 02-02/3-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarning faollashganlik darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish