Nabieva Munira Hamroqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida belgi anglatuvchi terminlar tizimi, strukturasi va leksikografik talqini”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil414/
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmaraimova Shoxista To‘xtashevna, filologiya fanlari doktori; Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: belgi anglatuvchi terminlarning lisoniy tizimdagi o‘rni, formal-struktur, grammatik xususiyatlari, semantik ko‘lami va leksikografik talqinini yoritishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgi anglatuvchi terminlarning lisoniy tizimda alohida mikrosistema sifatida mavjudligi, “sifat turkumiga mansublik” farqlovchi, “terminosistemaga mansublik” birlashtiruvchi belgisi bilan xarakterlanishi asoslangan;
qo‘llanish doirasining torligi, bir ma’noliligi, his-tuyg‘uni ifodalamasligi, ilmiy uslubga xoslanganligi kabi belgilar terminning bosh, umumiy, mohiyatni tashkil etadigan xossalari ekanligi ochib berilgan;
terminlarni shakliy (formal) strukturasiga ko‘ra – bir so‘zdan iborat mustaqil terminlar (leksema, so‘z, morfema), ko‘p uzvli terminlarning ixchamlashuvi natijasida paydo bo‘lgan bir uzvli terminlar (birikma (so‘z birikmasi, qaynatma (na’matak qaynatmasi), ko‘p komponentli terminlarning qisqartirilishi natijasida shakllangan abbreviativ terminlar (MQG (murakkab qo‘shma gap), SG (sodda gap), SB (so‘z birikmasi) kabi turlari aniqlangan;
belgi anglatuvchi terminlarning “sifat turkumiga mansublik” semasi terminosistemadagi predmet, harakat, miqdor anglatuvchi terminlardan farqlovchi, “terminosistemaga mansublik” semasi birlashtiruvchi belgisi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili belgi anglatuvchi terminlar tizimi, ularning struktural tuzishi va leksikografik talqini masallarini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
belgi anglatuvchi terminlarning lisoniy tizimda alohida mikrosistema sifatida mavjudligi, terminlarga ko‘pma’nolilik, polufunksionallik hodisalari tahlili bo‘yicha erishilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G003 “Hozirgi Qaraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 15.10.2021.dagi 17.01/276-son ma’lumotnomasi). Natijada belgi anglatuvchi terminlarning lisoniy tizimda alohida mikrotizim sifatida mavjudligi, tizim ichidagi munosabatlariga doir ma’lumotlar bilan bilan boyitish imkonini bergan;
belgi anglatuvchi terminlarda terminologik ma’no va uning zamonaviy leksikografik talqini, semantik ko‘lami, ularda ko‘pma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik kabi leksik-semantik munosabatlar izohiga doir nazariy va amaliy tavsiyalardan “O‘zbek tilining belgi anglatuvchi terminlar lug‘ati” (ISBN 978-9943-978-92-8) nomli terminologik o‘quv lug‘atni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada terminologik lug‘atda ko‘p ma’noli, shakldosh, ma’nodosh belgi anglatuvchi terminlarni leksikografik talqin qilish muammolarining amaliy echimiga erishilgan;
ijtimoiy hayot va fan tarmoqlariga oid tadqiqotlarda ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarning muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish, zamonaviy o‘zlashma terminlarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish va yagona grafik shaklini belgilash, davlat tilining ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish xususidagi ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 814-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida davlat tilining barcha fan tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlar va ijtimoiy faoliyatda ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.