Karimov Muzafar Mnovarxujaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiyalarni jalb qilish jarayonlarini diversifikatsiyalash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt136.
Ilmiy rahbar: Trushin Eskender Faxrievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi xuzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Naima Abitovna, fan doktori (DSc), professor; Kotov Valentin Antonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda investisiyalarni jalb qilish jarayonlarini diversifikatsiyalash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya muhitini baholash uslubiyati asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar (KD), xalqaro tashkilotlar reytinglarida mamlakatning o‘rni va indekslar qiymati (RR), investisiyalar uchun sharoitlar va jozibadorlik (IC) hamda ishlab chiqarish omillari qiymati (PFC) ko‘rsatkichlarini qo‘shimcha hisobga olgan holda, ularni tizimli guruhlarga ajratish va eng yaxshi natijadan uzoqligi (distance to frontier, DTF) indekslarini qo‘llash orqali umumiy integral ko‘rsatkichni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston sanoatida investisiyalardan foydalanishning samaradorligi hisob kitoblariga ko‘ra Evropa mamlakatlariga qaraganda 2-2,5 marotaba kam bo‘lganligi inobatga olinib, ishlab chiqarishda texnika va texnologiyalarni yangilash va mehnat unumdorligini oshirish uchun investisiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan soliq va amortizatsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
investisiyalarning ichki manbalarini faollashtirishga qaratilgan qimmatli kog‘ozlar bozorini rivojlantirish, shu jumladan korporativ obligatsiyalarni chiqarish va investision fondlarini rivojlantirish, investisiya dasturini shakllantirishda davlat investisiyalari samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan PIMA, P-FRAM, PMBOK uslublar va yondashuvlardan foydalanish, banklarda investisiya kredit faoliyatida xatarlarni baholash uslubiyotini joriy etish, xorijiy investorlar bilan ishlash faoliyatida investisiyalarga undaydigan faol mexanizmlardan foydalanish bo‘yicha choralar taklif etilgan.
investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish samaradorligini ta’minlash orqali investisiya oqimlarining 2030 yilgacha prognoz parametrlari 2 ta ssenariy yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar investisiyalarni jalb qilish jarayonlarini diversifikatsiyalash va ulardan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan:
investisiya muhitini baholash uslubiyoti asosida tayyorlangan Xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlash va xorijiy investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar Davlat investisiya qo‘mitasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Xalqaro reytinglar va indekslar ustida ishlash, hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar Rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat investisiya qo‘mitasining 2018 yil 24 apreldagi ShV-03/05-2-7469-son hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 maydagi 3-2/20-8-son ma’lumotnomalari va Davlat investisiya qo‘mitasining 2018 yil 11 iyuldagi 527-p-son buyrug‘i). Ushbu takliflar amalga oshirilishi mamlakatda investisiya muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilgan;
investisiyalardan foydalanish samaradorligini baholash yondashuvi va ishlab chiqilgan tavsiyalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan investisiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 28.05.2020 yildagi 3-2/20-8-son ma’lumotnomasi), hamda Davlat investisiya qo‘mitasi tomonidan investisiyalar oqimini rag‘batlantirish, hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilash uchun samarali foydalanish uchun soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat investisiya qo‘mitasining 2018 yil 24 apreldagi ShV-03/05-2-7469-son hamda Davlat investisiya qo‘mitasining 2018 yil 24 fevraldagi ShV-03/05-1649-son ma’lmuotnomasi). Mazkur takliflar investisiyalardan samarali foydalanish darajasini oshishiga, innovatsiyani keng qo‘llash uchun imkoniyatlar ochib bergan;
investisiyalar jalb qilish imqoniyatlarni modellashtirish va xalqaro tajribasi o‘rganish asosida ishlab chiqilgan investisiyalarning manbalarini faollashtirishga qaratilgan choralar bo‘yicha tayyorlangan takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 maydagi 3-2/20-8-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar investisiyalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashga qaratilgan konsepsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘lgan;
investisiya jarayonlarining rivojlanishini prognoz qilish natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2025 yilga qadar Investisiya siyosati strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 28 maydagi 3-2/20-8-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalari ushbu Strategiya doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni baholashda va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilashda hamda maqsadli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qilgan.