Mavlanov Kamoliddin To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida gumon qilinuvchining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu449.
Ilmiy rahbar: Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Baxtiyar Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari yurituvida gumon qilinuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalarini tahlil qilish, bu sohadagi ilmiy konseptual yondoshuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish mumkin emasligi asoslab berilgan;
shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligi asoslantirilgan;
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shartligi asoslab berilgan;
gumon qilinuvchidan jinoyat-protsessual qonunchiligi buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlar nomaqbul dalil deb topilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat protsessida gumon qilinuvchining huquqlari himoyasini ilmiy tadqiq etish yuzasidan olingan natijalar asosida:
shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish mumkin emasligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi 12-bandi 2-xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining ish holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish huquqini ta’minlashga xizmat qilgan;
shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasi 12-bandi 3-xatboshisida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining o‘z huquqlaridan xabardor bo‘lish va ularni amalga oshirishga xizmat qilgan;
ushlab turilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi bo‘lsa, bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi zarurligini nazarda tutuvchi taklif 2020 yil 14 maydagi O‘RQ–617-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”giQonunning 3-bandi 2-xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 06-10/782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning o‘z huquqlarini ishonchli himoya qilishiga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchidan jinoyat-protsessual qonunchiligi buzilgan holda olingan ko‘rsatuvlar nomaqbul dalil deb topilishi zarurligini nazarda tutuvchi taklif 2018 yil 4 apreldagi O‘RQ–470-sonli “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning 2-qismi 6-bandi 3-xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 apreldagi 06-10/782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish prinsipining to‘laqonli ishlashiga xizmat qilgan.