Allayorov Jaxongir Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha xalqaro sudlovlilik institutini takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu299.
Ilmiy rahbar: Ergashev Vosidjon Yokubovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sud`yalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Nasriev Ilhom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Safoeva Sadoqat Musoevna, yuridik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarida xalqaro sudlovlilik instituti takomillashtrishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlardan yuzaga kelganda uni O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonida ko‘rib chiqish lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, davlat mulkini xususiylashtirish, davlat ehtiyojlari uchun mulkni majburiy tartibda olib qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston Respublikasi sudlarining mutlaq sudlovliligiga tegishli bo‘lishi zarurligi asoslangan;
taraflardan hech bo‘lmaganda biri chet ellik shaxs bo‘lgan taqdirda va ular O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ularning iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoni ko‘rish bo‘yicha vakolatga ega deb belgilangan bitimni tuzsa va bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini o‘zgartirmasa, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni ko‘rish bo‘yicha mutlaq vakolatlarga ega bo‘lishining zarurligi asoslantirilgan;
taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalil taqdim qilinganda chet davlat sudining qarorlarini tan olish va ijroga qaratishni rad etish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha xalqaro sudlovlilik institutini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nizo O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlardan yuzaga kelganda uni O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonida ko‘rib chiqish lozimligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida»gi O‘RQ – 461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 239-moddasi birinchi qism 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 06/1-05/2176-son dalolatnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning muomalasi bilan bog‘liq munosabatda chet el sub’ektlarining odil sudlovga erishishini ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan nizolar bo‘yicha, shu jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun mulkni majburiy tartibda olib qo‘yish bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha ishlar hamda predmeti ko‘chmas mol-mulk bo‘lgan nizolar bo‘yicha, agar bunday mol-mulk O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lsa bunday mol-mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi sudlarining mutlaq sudlovliligiga tegishli bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida»gi O‘RQ–461-sonli Konuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 240-moddasi dispozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 06/1-05/2176-son dalolatnomasi). Ushbu taklif da’vo predmeti davlat mulki bo‘lgan mol-mulkka oid nizolarni ko‘rib chiqishda davlat suvereniteti va ommaviy-huquqiy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
taraflardan hech bo‘lmaganda biri chet ellik shaxs bo‘lgan taqdirda va ular O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ularning iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoni ko‘rish bo‘yicha vakolatga ega deb belgilangan bitimni tuzsa va, basharti, bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini o‘zgartirmasa, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni ko‘rish bo‘yicha mutlaq vakolatlarga ega bo‘lishining zarurligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida»gi O‘RQ–461-sonli Konuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 241-moddasi dispozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 06/1-05/2176-son dalolatnomasi). Ushbu taklif nizoni hal qiluvchi sudni huquqiy munosabat sub’ektlarining erk muxtoriyati asosida tanlashning huquqiy asosini yaratishga xizmat qilgan;
taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi dalil taqdim qilinganda chet davlat sudining qarorlari tan olish va ijroga qaratishni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi taklif «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqidagi»gi O‘RQ–461-sonli Konuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 255-moddasi birinchi qism 7-bandini hamda «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksini tasdiqlash haqidagi»gi O‘RQ–460-sonli Konuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 370-moddasi birinchi qism 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 06/1-05/2176-son dalolatnomasi). Ushbu taklif chet davlat sudining xalqaro sudlovlilik vakolatini aniqlash orqali uning qarorlarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish va ijroga qaratish asoslarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.