Sunnatov Yusuf Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holatining tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt527.
Ilmiy rahbar: Shoha’zamiy Shohmansur Shohnazir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holati tahlilini matematik apparat va reyting metodologiyasi qo‘llanilishi asosida takomillashtirishga karatilgan ilmiy xulosalar shakllantirish, nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buxgalteriya balans aktiv va passiv qismlarining summar ko‘rsatkichlarini bir-biriga nisbatan taqqoslama o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holatiga miqdoriy baho berish mumkinligi asoslab berilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy reytingini baholash uchun ishlab chiqilgan metodika yordamida ular buxgalteriya balansi barqarorligiga sifatiy baho berishning mezonlari ochiqlangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning me’yorlashtirilgan moliyaviy o‘lchami va unga mos renking pog‘onalarni aniqlash uchun ishlab chiqilgan metodika va mezonlar yordamida bunday sub’ektlar moliyaviy xolatini qiyosiy solishtirma baholash mumkinligi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kompleks tahlil qilish va ularning moliyaviy holati reytingini baholash hamda moliyaviy o‘lchami bo‘yicha renking o‘rinlarini aniqlashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilib, uni raqamli iqtisodiyot talablariga mosligi va amaliyotda qo‘llash yo‘llari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holatining tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
buxgalteriya balans aktiv va passiv qismlarining summar ko‘rsatkichlarini bir-biriga nisbatan taqqoslama o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy holatiga miqdoriy baho berish mumkinligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ulushi mavjud korxonalarning korporativ ko‘rsatkichlari monitoringi va tahlili Departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 3 dekabrdagi №5776/03-09-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif kompaniyalar moliyaviy holatiga ular buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari asosida ekspress baho berishning tezkorlik darajasini kamida 500 (besh yuz) barobarga va yuqori ishonchlilikka erishish imkoniyatini bergan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy reytingini baholash uchun ishlab chiqilgan metodika yordamida ular buxgalteriya balansi barqarorligiga sifatiy baho berishning mezonlarini qo‘llashga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ulushi mavjud korxonalarning korporativ ko‘rsatkichlari monitoringi va tahlili Departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 3 dekabrdagi №5776/03-09-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar kompaniyalarning moliyaviy reytingini aniqlashni xatolik darajasi 0% bo‘lib, ishonchliligini oshirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning me’yorlashtirilgan moliyaviy o‘lchami va unga mos renking pog‘onalarni aniqlash uchun ishlab chiqilgan metodika va mezonlar yordamida bunday sub’ektlar moliyaviy xolatini qiyosiy solishtirma baholash mumkinligi  bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ulushi mavjud korxonalarning korporativ ko‘rsatkichlari monitoringi va tahlili Departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yil 3 dekabrdagi №5776/03-09-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar kompaniyalar strategik rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda dasturi-amal bo‘lib xizmat qilishi zarurligi va bunda moliyaviy o‘lchamining yillik o‘sish darajasi joriy inflyasiya darajasidan 5 (besh) foizdan ortiq bo‘lishi lozimligi kompaniyalar menejmenti va mulkdor-investorlariga singdirilishiga hamda kompaniyalar moliyaviy o‘lchamining yillik real o‘sish darajasi 5 (besh) foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlanishiga xizmat qilgan.
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni kompleks tahlil qilish va ularning moliyaviy holati reytingini baholash hamda moliyaviy o‘lchami bo‘yicha renking o‘rinlarini aniqlashning kompleks yondashuvi ishlab chiqilib, uni raqamli iqtisodiyot talablariga mosligi va amaliyotda qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ulushi mavjud korxonalarning korporativ ko‘rsatkichlari monitoringi va tahlili Departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 3 dekabrdagi №5776/03-09-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar davlat ulushi mavjud bo‘lgan kompaniyalar moliyaviy reytingini muntazam baholab borish asosida ularning raqobatbardoshlik va moliyaviy o‘lchami darajalarini oshirishga qaratilgan strategiya va biznes-rejalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish