Ibragimova Tat`yana Lyudvigovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston seysmik faol zonalarida seysmik rejim parametrlari va er osti suvlar gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘zgarishining qonuniyatlari», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM53.
Ilmiy maslahatchi: Artikov Turdali Usmonalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Maksudov Sabit Xamidovich, fizika-matematika fanlari doktori; Atabekov Ikram Urmanovich, fizika-matematika fanlari doktori; Aronov Arkadiy Gesselevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston seysmik faol zonalarida seysmik jarayonning va er osti suvlarining gidrogeokimyoviy parametrlari o‘zgarishlarining makon-zamondagi qonuniyatlarini aniqlash hamda ular asosida seysmik faollashishni uzoq va o‘rta muddatli prognoz qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yagona seysmik faol zona chegarasida ketma-ket sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarning namoyon bo‘lishi qonuniyatlari, ya’ni keyingi kuchli zilzilaning sodir bo‘lishi ehtimoli katta bo‘lgan makon-zamondagi oraliqlar aniqlangan;
turli seysmik faol zonalardagi seysmik faollik davrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganuvchi usul ishlab chiqilgan;
ilk bor seysmik rejimning prognostik parametrlari majmuasi bo‘yicha regionda talofatli zilzilalar sodir bo‘lganda seysmik faol zonalarda seysmik holatning o‘zgarishini hisobga oluvchi, kutilayotgan seysmik faollashish joylarini sinoptik prognoz qilish uslubiyati ishlab chiqilgan;
ilk bor er osti suvlarining gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlari dispersiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini va seysmik faol zonaning barcha chegaralarida yoki uning kuzatish quduqlari joylashgan lokal segmentlarida ajralgan seysmik energiya o‘rtasidagi o‘zaro ahamiyatli bog‘liqlik aniqlangan;
zilzilalardan avval geliy (Ne) parametrlarining anomal o‘zgarishi amplitudasi va namoyon bo‘lish davomiyligini tayyorlanayotgan zilzilalarning energetik klassi va uning kuzatish punktidan olisligini bog‘lab turuvchi regional empirik bog‘lanishlari o‘rnatilgan, shuningdek darakchi o‘zgarishlarining samarali va chegaraviy radiusi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonning seysmik faol zonalarida seysmik rejim parametrlari va er osti suvlarining gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlaridagi qonuniyatlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli seysmik faol zonalarda seysmik faollashish davrlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashning ishlab chiqilgan usuli va uning asosida tuzilgan sxematik xaritalar Favqulotda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 2/4/15-2363-son ma’lumotnomasi). Natijalar Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli zilzila sodir bo‘lganda O‘zbekistonda yaqin yillarda seysmik faollashish ehtimoli katta bo‘lgan seysmik faol zonalarni belgilash imkonini bergan;
er osti suvlari gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlarini tadqiq qilishning ishlab chiqilgan usullari Favqulotda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 2/4/15-2363-son ma’lumotnomasi). Natijada kuchli zilzilalarning tayyorlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan prognostik anomaliyalarni ajratish va respublikadagi har bir kuzatuv stansiyasidagi turli gidrogeokimyoviy ko‘rsatkichlarni axborotliligini baholash imkonini bergan;
seysmik rejimning prognostik parametrlari majmuasi bo‘yicha seysmik faollashishi kutilayotgan zonalarni aniqlashning ishlab chiqilgan usuli va uning asosida tuzilgan sinoptik prognozning sxematik xaritalari Favqulotda vaziyatlar vazirligi amaliyotida joriy qilingan (Favqulotda vaziyatlar vazirligining 2017 yil 24 oktyabrdagi 2/4/15-2363-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etish natijalari O‘zbekiston hududida uzoq muddatli prognozning 29 ta kompakt oblastlarini ajratish, bu oblastlarning har birida joriy seysmologik ahvolni baholash, ularda yaqin yillarda kuchli zilzilalarni sodir bo‘lish ehtimoli bo‘yicha ranglarga ajratish va O‘zbekiston hududida 2016–2017 yillarda sodir bo‘lgan qator kuchli zilzilalarni uzoq muddatli prognoz qilish imkonini bergan.