Ergashev Otamurod Tashtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ”O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.4.PhD/Iqt869.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faolligini oshirish va ularni samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida soliqqa tortish mexanizmining “faol harakat modeli” yaratilgan;
kichik biznes sub’ektlarini kreditlash borasidagi xorijiy tajribalar asosida raqamli texnologiyalarni keng joriy etgan holda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bank infratuzilmalari tarmoqlarini tashkil etish tavsiya etilgan;
kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish va ularni zarur resurslar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashning imtiyozli tartibi tavsiya etilgan;
moliya-kredit vositalari orqali iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan moliyaviy mablag‘larni (jumladan, investisiya ssudalari bo‘yicha qarzlarni uzaytirish) aylanma mablag‘lar sifatida “tez pullar”ni ajratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faolligini oshirish va ularni samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida soliqqa tortish mexanizmining “faol harakat modeli”ni yaratish yuzasidan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29-avgustdagi 526-sonli “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 martdagi 21-15541-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq majburiyatlarini bajarishni engillashtirishga hamda soliq yukini qisqartirishga yo‘naltirilgan soliq siyosati takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarini kreditlash borasidagi xorijiy tajribalar asosida raqamli texnologiyalarni keng joriy etgan holda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bank infratuzilmalari tarmoqlarini tashkil etish taklifi ATB Mikrokreditbank tomonidan bank amaliyotiga joriy qilingan
(ATB Mikrokreditbankning 2021 yil 1 martdagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada xududlarda kichik biznes sub’ektlarini kreditlash borasidagi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish axborot dasturiy ta’minoti hamda bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar engillashtirilgan qulay tizim yo‘lga qo‘yilgan;
kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish va ularni zarur resurslar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashning imtiyozli tartibi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 10 sentyabrdagi
03/14-03-10/10-4175-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5087-sonli qarorida inobatga olingan bo‘lib, unga ko‘ra Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya taqdim etish belgilangan;
moliya-kredit vositalari orqali iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan moliyaviy mablag‘larni (jumladan, investisiya ssudalari bo‘yicha qarzlarni uzaytirish) aylanma mablag‘lar sifatida “tez pullar”ni ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29-avgustdagi 526-sonli “2020-2021 yillarda iqtisodiy o‘sishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi 2021 yil 1 martdagi 21-15541-son ma’lumotnomasi). Natijada karantin choralaridan zarar ko‘rgan kichik biznes sub’ektlari iqtisodiy faolligini oshirishga muvaffaq bo‘lindi va ularning xududlarda turli yo‘nalishlardagi yangi xizmat turlarini ochilishiga mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqib yangi loyihalarga asoslangan innovatsion mahsulot ishlab chiqarish kuchaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish