Safarova Nodira Ashuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1227.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Farxod Goyibovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini 25 foizgacha pasaytirish orqali soliq yukini to‘g‘ri taqsimlash asosida norasmiy sektordagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taklif etilgan;
qat’iy belgilangan soliq o‘rniga ixtiyoriy ravishda deklaratsiya topshirish orqali daromad solig‘ini to‘lashni joriy etish asosida faoliyati mavsumiy xususiyatga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq yukini pasaytirish taklif etilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatlari natijasida olingan daromadlarini soliqqa tortmaslik asosida bir milliondan ortiq aholining rasmiy bandligini ta’minlash taklif etilgan;
engil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashish faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish va qat’iy belgilangan tartibda soliqqa tortish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini kamaytirish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O‘RQ-589-sonli “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 06/04-02-01-32/1116-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida tadbirkorlarga soliq yukini to‘g‘ri taqsimlash va norasmiy sektordagi tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirishni rag‘batlantirishga erishilgan;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq to‘lash o‘rniga ixtiyoriy ravishda deklaratsiya asosida daromad solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 06/04-02-01-32/1116-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida faoliyati mavsumiy ahamiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq yukini kamaytirish va norasmiy sektordagi tadbirkorlar sonini qisqartirishga erishilgan. 2021 yil 1 yarim yilligida 1 113 nafar yakka tartibdagi tadbirkor deklaratsiya asosida daromad solig‘i to‘lashi natijasida davlat byudjetiga 509 mln.so‘m soliq undirilishiga erishilgan;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlarini soliqqa tortmaslik to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 06/04-02-01-32/1116-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yil davomida 918 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyati qonuniy asosda yo‘lga qo‘yilgan.
yo‘lovchilarni avtotransport vositalarida tashish faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish va belgilangan tartibda soliqqa tortish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 maydagi PQ-5108-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2021 yil 29 iyuldagi 06/04-02-01-32/1116-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yil 1 iyul` holatiga yo‘lovchilarni avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 350 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tib, davlat byudjetiga 52 mln.so‘m soliq to‘lagan.