Nomozova Qumri Isoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlikda tavakkalchiliklarni sug‘urtalash va uni O‘zbekistonda rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt492.
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Qamariddin Mansurovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Zafar Ikromovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasini samarali rivojlantirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik faoliyatlarini uzilishlardan sug‘urtalash nuqtai nazaridan ular tarkibidan moliyaviy, innovatsion, biznes risklarni chiqarib tashlash hisobiga sug‘urta ko‘lamini oshirish taklif etilgan;
ishlab chiqarishdagi uzilishlardan sug‘urtalashda sug‘urta kompaniyalari anderayterlari tomonidan sug‘urta oldi ekspertizasini amalga oshirish zarurligi asoslangan;
tadbirkorlik tavakkalchiligini sug‘urtalash shartnomasi asosida faqat sug‘urtalanuvchining o‘zining riskini sug‘urtalanishini va ushbu sug‘urta faqat uning foydasiga hisoblashni amalga oshirish taklif etilgan;
tadbirkorlik risklarini sug‘urtalashda sug‘urta kompaniyasi tomonidan asoslangan anderrayterlik faoliyatini (siyosatini) olib borish orqali ishlab chiqarishdagi uzilishlar (BI) risklarini baholash (IE va CBI) ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar kelib chiqishining tashqi (ob’ektiv) va ichki (sub’ektiv) omillari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklarning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan klassifikatsiya asosida “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tarif siyosati qayta ishlab chiqilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil
3 iyundagi 07-623/1-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilning 1-choragida tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 763 taga ko‘payib, ushbu shartnomalardan kelib tushgan sug‘urta mukofotlari 465 mln. so‘mni tashkil etgan;
tadbirkorlik riskini sug‘urtalashning iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar va ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 3 iyundagi 07-623/1-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya sug‘urta portfeli optimalligining oshishiga erishilgan;
ishlab chiqarishdagi uzilishlardan sug‘urtalashni tashkil etish samaradorligini oshirishning takomillashtirilgan uslubiyoti “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 3 iyundagi 07-623/1-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilning 1-choragida shu yo‘nalishdagi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha zararlilik darajasi 2019 yilning 1-choragiga nisbatan 7 foizga kamayib, 106 mln. so‘mlik mablag‘ning tejab qolinishiga erishilgan;
tadbirkorik risklarini sug‘urtalashda asoslangan anderrayterlik faoliyatini (siyosatini) olib borish orqali risklarni baholash va sug‘urtaga qabul qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiyot “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 3 iyundagi 07-623/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilayotgan tarif stavkalarining optimalligi oshishi hisobiga 2020 yilning 1-choragida tuzilgan sug‘urta shartnomalari soni 2019 yilning shu davriga nisbatan 284 taga ko‘payishiga erishilgan.