Qurbonov Samandar Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining unumli va mahsuldor bandligini oshirish asosida kambag‘allikni qisqartirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1604.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholining unumli va mahsuldor bandligini oshirish hamda kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish bilan band aholining kambag‘allik ta’sir doirasiga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan unumli va mahsuldor bandlikni baholash uslubiyoti oila sharoitida band bo‘lganlar, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar kabilarni faol e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni ijro hokimiyati-ning yuqori kuchga ega bo‘ylgan tuzilmasi vakolati tarkibiga kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
ish bilan band kambag‘allik ta’sir doirasidagi aholi sonini hisoblash yondashuvi mehnat bozoridagi unumli va mahsuldor band aholi, band bo‘lgan aholi va kambag‘allik ta’sir doirasidagi ish bilan band aholi nisbatlarini e’tiborga olish asosida takomillashtirilgan;
ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, zarur kasbga qayta o‘qitishga sarflanayotgan xarajatlar natijadorligini oshirish, yoshlar mahsuldor bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar va yoshlar o‘rtasida muddatli va muddatsiz “Ko‘ngilli bandlik” tizimini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholi daromadlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda unumli va mahsuldor bandlikning muhim omil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining unumli va mahsuldor bandligini oshirish asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ish bilan band aholining kambag‘allik ta’sir doirasiga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan unumli va mahsuldor bandlikni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklifladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-son Qarori 1-ilovasi 8-maqsadining 8.3-milliy vazifasi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda bandlikni oshirish va kamag‘allaikni kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlarda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 01/00-02/15-6687-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotdan foydalanish natijasida unumli va mahsuldor bandlik taqchilligini baholashning aniqlik darajasini oshirishga izmat qilgan;
aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni ijro hokimiyati-ning yuqori kuchga ega bo‘ylgan tuzilmasi vakolati tarkibiga kiritish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 28 aprelda qabul qilingan va Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-bob 7-modda (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari) 5-xatboshi “aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirishi” deb nomlangan punktni shakllantirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 01/00-02/15-6687-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda aholining munosib, unumli va mahsuldor bandligini rag‘batlantirishga qaratilgan choralar Hukumat vakolatlari tarkibiga kiritildi va pirovard natijadorlik kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan;
ish bilan band kambag‘allik ta’sir doirasidagi aholi sonini hisoblash yondashuvini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 martdagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 01/00-02/15-6687-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi ish bilan band shaxslar mehnat daromadlari va oilaning boshqa daromadlari tahlilidagi aniqlik ikki barobarga oshdi, ish bilan band kambag‘allik ta’sir doirasidagi shaxslarni tez va bexato aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan;
ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, zarur kasbga qayta o‘qitishga sarflanayotgan xarajatlar natijadorligini oshirish, yoshlar mahsuldor bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar va yoshlar o‘rtasida muddatli va muddatsiz “Ko‘ngilli bandlik” tizimi bo‘yicha taklifi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan dasturlarda keng foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 03.06.2021y.dagi 01/00-02/15-6687-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “Ko‘ngilli bandlik” tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha loyihaviy hujjatlar tegishli organlarga taqdim etilgan.
aholi daromadlarini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda unumli va mahsuldor bandlikning muhim omil ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 apreldagi PQ-5094-son “2021 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 01/00-02/15-6687-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi aholi bandligiga ko‘maklashish va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini shakllantirishda xizmat qilgan.