Jumanov Azamat Norbutaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi mintaqalarida uzumni mahalliy oqim suvlari bilan tomchilatib sug‘orishning samaradorligi», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1038.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori, professor; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortib borayotgan suv tanqisligi sharoitida Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi mintaqalarida uzumzorlarni mahalliy oqim suvlari bilan tomchilatib sug‘orish usulining samaradorligini aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ oldi mintaqalarda uzumni mahalliy oqim suvlari bilan sug‘orish uchun geoaxborot texnologiyalarini qo‘llab, Normalized-Difference Snow Index asosida mahalliy oqim suvlari shakllanishi va ularning suv zahirasi (resurs) aniqlangan;
mahalliy oqim suvlarini antifiltratsiya qoplamali hovuzlarda to‘plab uzumzorlarni past bosimda tomchilatish asosida sug‘orish usuli ishlab chiqilgan;
tog‘ oldi minataqalarda uzumni mahalliy oqim suvlari bilan past bosimli tomchilatib sug‘orish texnologiyasida sug‘orish tartiblari va suv iste’moli me’yorlari aniqlangan;
mahalliy oqim suvlari bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasida uzum etishtirilayotgan dalaning suv muvozanati va sug‘orish texnikasi elementlarining hosildorlikka ta’sirini baholash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi mintaqalarida uzumni mahalliy oqim suvlari bilan tomchilatib sug‘orishning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tog‘ oldi xududlarida uzumzorlarni mahalliy oqim suvlari bilan tuproqning sug‘orish oldi namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% da ushlab turib sug‘orish usuli Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani irrigatsiya tizimida uzumlarni sug‘orishda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 04/20-689 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzumzorlardan gektaridan nazoratga nisbatan 3-5 sentner qo‘shimcha hosil olish va mavsumiy sug‘orish me’yorini 18-20% ga tejashga erishilgan;
tog‘ oldi xududlarida uzumzorlarni mahaliiy oqim suvlari bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 04/20-689 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mineral o‘g‘itlarni suvda eritilgan holda berilishi hisobiga suv va mineral o‘g‘itlar 50% iqtisod qilish va uzumzorning har gektaridan 1525-1780 ming so‘m daromad olish imkoniyati yaratilgan;
mahalliy oqim suvlarini yig‘ish orqali tomchilatib sug‘orish tartiblari joriy etilgan Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani suvdan iste’molchilar uyushmasida uzumzorlarni sug‘orishda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 04/20-689 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ oldi hududlarida uzumzorlarda 1,3-2,1 s/ga ga hosilning oshishiga va suv resurslarining 10 % ga tejalishiga erishilgan.