Orzimatov Jahongir Tajalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metall simli tola absorberli quyoshli xavo qizdirgich kollektorlar”, 05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1260.
Ilmiy rahbar: Rashidov Yusuf Karimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
 Rasmiy opponentlar: Klichev Shavkat Isakovich, texnika fanlari doktori, professor, Kasimov Faxriddin Shadmankulovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
metall sim tolalixavoo‘tkazuvchan matrisa absorberli quyosh havo qizdirgich kollektorlarini ishlab chiqish, ularning asosiy issiqlik – texnikaviy va aerodinamik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
absorberning g‘ovakligi, qalinligi, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti, havoning solishtirma massa sarfi va uning issiqlik sig‘imini hisobga olgan holda metall simli toladan yasalgan havo o‘tkazuvchan matrisali absorberda issiqlik berish jarayonining fizik-matematik modeli ishlab chiqilgan;
metall simli toladan yasalgan havo o‘tkazuvchan matrisali absorberining o‘rtacha haroratni hisoblash uchun birinchi va ikkinchi turdagi chegara shartlarida fizik-matematik modelning differensial tenglamalarini analitik echimlari ifodasi olingan va ishlab chiqilgan quyosh havo qizdirgich kollektorining konstruktiv va tekshiruv hisob-kitoblarini bajarish imkoni yaratilgan;
issiqlik tashuvchi va absorber orasidagi kontakt yuzasini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi, metall simli toladan yasalgan havo o‘tkazuvchan matrisali absorberli quyoshli havo qizdirgich kollektorining foydali model darajasida yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
quyoshli havo qizdirgich kollektorining metall simli toladan yasalgan havo o‘tkazuvchan matrisali absorberning issiqlik berish koeffisienti qiymatini va uning aerodinamik qarshiligini aniqlash uchun empirik formulalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metall sim tolali xavoo‘tkazuvchan matrisa absorberli quyosh havo qizdirgich kollektorlarini ishlab chiqish, ularning asosiy issiqlik-texnikaviy va aerodinamik parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Metall sim tolali xavoo‘tkazuvchan matrisa absorberli quyosh havo qizdirgich kollektori”  "Farg‘onaazot" OAJning  ma’muriy-maishiy xonalarini, xususan "Farg‘onaazot" OAJning harbiylashtirilgan xavfsizlik (VOXR) postini isitish uchun qo‘shimcha issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilma sifatida o‘rnatilgan va unda  tajriba-tadqiqot ishlarini olib borilgan ("O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik kompaniyasining 2020 yil 28 avgustdagi 16-3386-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xonalarni isitish uchun issiqlik tarmog‘idan iste’mol qilingan issiqlikni 17% gacha  kamayishiga va yillik iqtisodiy samarani 54 315 000 so‘mni tashkil etishiga erishildi ("Farg‘onaazot" aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 26 fevraldagi 26/75-sonli ma’lumotnomasi).
Ishlab chiqilgan metall sim tolali xavoo‘tkazuvchan matrisa absorberli quyoshli havo qizdirgich kollektorini konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligining foydali model` patenti olingan (2021 y. «Quyoshli havo isitkich» № FAP 01590).

Yangiliklarga obuna bo‘lish