Xonkulov Xusniddin Xolikulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kartoshka urug‘lik tuganaklarini ekishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx6.
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, PhD.27.06.2017.Qx.12.01.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Usmonov Nosir Nurmonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshka tezpishar va o‘rta tezpishar navlarining urug‘lik tuganaklarini ekish oldi tayyorlashning turli texnologiyalarida tuganaklar dala unuvchanligi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, hosilning shakllanishi, hosildorligi hamda sifatini baholab, yuqori va sifatli hosil olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq va o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka urug‘lik tuganaklarini ekish oldidan turli o‘stiruvchi stimulyatorlarni qo‘llash texnologiyalari ishlab chiqilgan;
stimulyatorlarni qo‘llashning tezpishar va o‘rta tezpishar kartoshka navlari tuganaklari dala unuvchanligi, o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, hosilning shakllanishi, hosildorligi va sifatiga ta’siri aniqlangan;
kartoshka navlari urug‘lik tuganaklarini ekish oldi o‘stiruvchi stimulyatorlar bilan ishlab, o‘simlikka o‘suv davrida o‘stiruvchi moddalarni qo‘llashning palak va tuganak hosili shakllanishi hamda hosildorlikka ta’siri aniqlangan;
urug‘lik tuganaklarni ekish oldi tayyorlashning maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloq va o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka navlari urug‘lik tuganaklarini ekishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
fermerlarga «Kartoshka urug‘lik tuganaklarini ekishga tayyorlash texnologiyasiga oid tavsiyalar» ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 19 yanvardagi 03/09-104-son ma’lumotnomasi). Bunda ertagi kartoshkadan gektariga 28,7–33,5 tonna tovar hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berilgan;
kartoshka navlari urug‘lik tuganaklarini ekishga tayyorlash texnologiyalari Samarqand viloyatining Oqdaryo, Tayloq, Jomboy, Bulung‘ur tumanlari ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 539,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 02/09-29-son ma’lumotnomasi). Bunda gektaridan 9,8–12,7 mln. so‘mgacha sof daromad olingan va rentabellik darajasi o‘rtacha 54,5–69,9 foizni tashkil etgan.