Lityaga Artyom Valer`evichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Povishenie pojarnoy bezopasnosti polimernix materialov na osnove antipirenov soderjashhix silikatnie kompozisii” (“Silikat kompozisiyalar tarkibli antipirenlar asosida polimer materiallarni yong‘in xavfsizligini oshirish”), 05.10.02- Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadroviy va radiatsiya xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1242.
Ilmiy rahbar: Qurbanova Moxira Abduvaxobovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, PhD.40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich texnika fanlari doktori, k.i.x.; Musaev Marufdjon Nabievich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi silikat kompozisiyalarni o‘z ichiga olgan mahalliy antipirenlar asosida har xil yangi turdagi yong‘inga chidamli polimer materiallarning yong‘in xavfsizligini tadqiq qilish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlikga chidamli va qiyin yonuvchan polimer materiallarni olish uchun silikat kompozisiyalari asosida antipirenlar ishlab chiqilgan;
vermikulit minerali asosida yuqori dispersli olovga chidamli to‘ldiruvchi moddalar ishlab chiqilgan;
vermikulit minerallarining yong‘indan va issiqlikdan himoya qilish xususiyatlarini oshirish usulini takomillashtirish orqali, to‘qimachilik va  yog‘och materiallarini esa qiyin yonuvchi materiallar guruhiga o‘tkazishga imkoniyat bergan;
modifikatsiyalangan mayda dispersli vermikulitlar asosida olovga chidamli silikat bo‘yoq mahsulotlarini olish texnologiyasi ishlab chiqildi;
mayda dispersli vermikulitlar asosida to‘qimachililik materiallari uchun shimdiruvchi modda ko‘rinishidagi yangi yong‘inga qarshi suspenziyali kompozisiyalar yaratildi va ushbu kompozisiyalarning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari samaradorligini baholash usuli ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tebinbuloq vermikuliti mahalliy mineral xomashyosi asosida ishlab chiqilgan, yog‘och materiallarni olovdan samarali himoya qiluvchi yangi tarkibli lok-bo‘yoq materiali «SLOBAL-BUILDING-GROUP» (2021 yil 22 sentyabr` kunidagi 05/15-2347- sonli «Qurilishmateriallari» AJ hamda 2021 yil 1 noyabr` kunidagi  09-05/12440- sonli O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligidan olingan ma’lumotnomalar) MChJ ga ishlab chiqarish uchun joriy qilingan;
Taqdim etilgan yog‘och materiallari uchun olovdan himoyalangan tajriba na’munalari yog‘ochga qiyin alangalanuvchanlik xususiyatini beradi va GOST 16363 bo‘yicha olovdan  himoyalanganlik bo‘yicha samaradorligining I guruhiga kiritildi (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti sinov markazining 2021 yil 28 apreldagi 148-sonli bayonnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish