Yuldasheva Dilshoda Musaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik  L.V.Shcherbaning lingvistik va metodik merosi”, 10.00.11– Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1017.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Mirzaev Ibadulla Kamalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.  
Rasmiy opponentlar: Rasulova Maxfuza Inamovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik L.V.Shcherbaning lingvometodik ta’limotlar tarixi kontekstida lingvistik va metodik me’rosining xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistika va metodika tushunchasi va mohiyatini tushunishga doir bo‘lgan turli yondashuvlar yaxlitlashtirilib, lingvometodik ta’limotlar rivojlanish tarixi qonuniyatlari va xususiyatlari dalillangan;
akademik L.V.Shcherbaning lingvometodik konsepsiyasi kompleks ravishda aniqlanib, til o‘qitish metodikasi va uni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan;
akademik L.V.Shcherbaning ilmiy-metodik merosiga asoslangan holda xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni takomillashtirgan holda respublika ta’lim tizimida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xorijiy tillarda so‘zlovchilar bilan muntazam muloqot qilish samaradorligining  ijtimoiy jihatlari aniqlangan holda so‘zlashishning ongli  holatdan  ongsiz holatga  o‘tish jarayonlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.   Akademik  L.V.Shcherbaning lingvistik va metodik merosi tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
lingvistika va metodika tushunchasi va mohiyatini tushunishga doir bo‘lgan turli yondashuvlar yaxlitlashtirilib, lingvometodik ta’limotlar rivojlanish tarixi qonuniyatlari va xususiyatlariga oid natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan №I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi innovatsion  loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy  va o‘rta maxsus  ta’lim vazirligining 2021 yil 12 martdagi 597/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada L.V.Shcherbaning ilmiy-metodik qo‘llanmalari asosida zamonaviy talablarga javob beruvchi lingvometodologiyaning keyingi rivoji uslublari  qo‘llanilishi  va  ko‘rib chiqilishiga erishilgan;
akademik L.V.Shcherbaning lingvometodik konsepsiyasi kompleks ravishda aniqlanib, til o‘qitish metodikasi va uni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan olingan xulosalardan 2016-2018 yillarda bajarilgan Erasmus + dasturi  bo‘yicha Evropa  Ittifoqi IMEP loyihasining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE loyihasi doirasida qo‘llanilgan  (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining 2021 yil 12 martdagi №598/30.02.01 ma’lumotnomasi). Natijada, OTMlari talabalari va o‘qituvchilari akademik  L.V.Shcherbaning lingvistik  va  metodik  merosi tavsifini o‘rganishlari, uning xususiyatlarini ko‘rib chiqishlari va ta’lim jarayonida yangi  g‘oyalarni  qo‘llash, hamda oliy  ta’lim  tizimini modernizatsiya etish va  xorijiy  tillarda  innovatsion  g‘oyalarni  ilgari  surish yshllarini o‘rganishga xizmat qilgan;
xorijiy tillarda so‘zlovchilar bilan muntazam muloqot qilish samaradorligining  ijtimoiy jihatlari aniqlangan holda so‘zlashishning ongli  holatdan  ongsiz holatga  o‘tish jarayonlariga oid xulosalardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Til ziynati» va «Tadqiqot» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 01-16/166-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar ko‘rsatuv mazmunining boyishiga katta hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish