Baratov Qo‘zijon Rabbim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rutinning eruvchan shaklining biologik faolligi va farmakologik xususiyatlarini o‘rganish», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/V290.
Ilmiy rahbar: Tagayalieva Nigora Abdunabievna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Muborak Maxmusovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rutinning triterpen glikozidlari bilan supramolekulyar kompleklari orasidan har xil in vivo va in vitro modellarida aniqlangan biologik faolligi bo‘yicha eng samarali kompleksni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
triterpen glikozidlar va rutinning supramolekulyar kompleks tarkibidagi optimal molyar nisbati 4:1 va optimal tashuvchi GK ekanligi aniqlangan va GK/R 4:1 molyar nisbatdagi kompleks Glirutin deb nomlangan;
Glirutin tarkibida rutinning antiekssudativ, kapillyar-protektor, antioksidant va gipolipidemik xususiyatlarini in vivo va antiradikal faolligi in vitro sezilarli darajada ortganligi isbotlangan;
kalamushlarda Glirutin preparatning (GK/R 4:1 molyar nisbatda) terapevtik dozasi (5 mg/kg) rutinning terapevtik dozasiga nisbatan (100mg/kg) 20 marta past ekanligi aniqlangan;
klinikaoldi tadqiqotlarida Glirutinning o‘tkir zaharlash, kumulyativlik va surunkali zaharlash xususiyatlari; mahalliy achishtiruvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen ta’sirlari va reproduktiv jihatdan xavfsizligi hayvonlar organizmida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Rutin, GK, uning monoammoniyli tuzi hamda ular supramolekulyar komplekslarining biologik faolligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rutinning GK va uning monoammoniyli tuzi bilan har xil molyar nisbatlardagi supramolekulyar komplekslarining antioksidant faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan FA-A10-T053 raqamli «Qandli diabetda oksidativ stress holatini mahalliy xomashyodan olingan tabiiy birikmalar bilan korreksiyalash uslubini ishlab chiqish» amaliy loyihasida polifenollar, tanninlar, flavonoidlar va ular hosilalarining antioksidantlik, gipoglikemik, antiradikallik xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 2 iyundagi 4/1255-1615-son ma’lumotnomasi). Natijada, preparatlar orasidan yuqori antioksidantlik xususiyatlarga ega bo‘lgan birikmalarni tanlab olish imkonini bergan;
GK va uning monoammoniyli tuzi biologik faolligini in vivo o‘rganish bo‘yicha olingan natijalarga asoslanib, GK va uning monoammoniyli tuzida kapillyar-protektor va antioksidant xususiyatlarning mavjudligi GKning yangi hosilalarini olish zaruriyatini ko‘rsatgan va shunga tayanib FPFI T. 2-18 raqamli «2-alkil (aril)-5-amino 1,3,4-tiadiazol qoldig‘ini tutgan ayrim tabiiy triterpen kislotalari hosilalarining biologik faolligi» amaliy loyihasini bajarish davomida GKning 14 ta yangi hosilasi sintezlangan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 2 iyundagi 4/1255-1614 son ma’lumotnomasi). Natijada, yallig‘lanish va gipoksiyaga qarshi, immunotrop xossalariga asoslanib tanlangan hosilalar yangi istiqbolli preparatlar olish imkonini bergan.