Tashmuxamedova Gulnoza Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sifat menejmenti tizimi asosida bank risklarini boshqarish», 08.00.13-Menejment, 08.00.07- Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/Iqt780.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.3/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Maxkamova Mamlakat Abdukodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sifat menejmenti tizimini joriy etish asosida bank risklarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida risklarni boshqarishda natijadorlik sinergiyasiga erishish maqsadida “korporativ boshqaruv”, “sifat menejmenti tizimi” va “risk-menejment” tizimlarini integratsiyalashtirish taklif etilgan;
tijorat banklarida operatsion risklarni identifikatsiya va tahlil qilishning sifat (RSCA) va miqdoriy (KRI) indikatorlarini kiritish orqali xodimlarning xatolarini aniqlash, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va firibgarlikning oldini olish taklif etilgan;
integratsiyalashgan tizimda risklarni boshqarishning zamonaviy modeliga “bank risk-madaniyati” amaliyotini kiritish orqali tijorat banklari faoliyatining har bir jarayonidagi risklarni aniqlash, baholash va monitoring qilish taklif etilgan;
risklarni boshqarishning sifat menejmenti tizimida integratsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarining bank depozitlari va kreditlari o‘sishiga ta’sirining 2025 yilga bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sifat menejmenti tizimi asosida bank risklarini boshqarish bo‘yicha olingan ilmi natijalar asosida:
tijorat banklarida risklarni boshqarishda natijadorlik sinergiyasiga erishish maqsadida “korporativ boshqaruv”, “sifat menejmenti tizimi” va “risk-menejment” tizimlarini integratsiyalashtirish taklifi ATB «Aloqa bank»ning 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan «Bankning risk-menejment siyosati»ga kiritilgan va bank faoliyatida joriy etilgan (ATB «Aloqa bank»ning 2021 yil 16 sentyabrdagi 19-02/3200-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif yakunlariga ko‘ra banklar SMT, risk-menejmenti va korporativ boshqaruv tamoyillarini yuqori sifatli strategik rejalashtirish uchun integratsiyalash choralarini ishlab chiqqan;
tijorat banklarida operatsion risklarni identifikatsiya va tahlil qilishning sifat (RSCA) va miqdoriy (KRI) indikatorlarini kiritish orqali xodimlarning xatolarini aniqlash, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va firibgarlikning oldini olish taklifi ATB «Aloqa bank»ning 2021 yil «Kredit siyosatini va uning asosiy yo‘nalishlari»da qabul qilingan va kiritilgan (ATB «Aloqa bank»ning 2021 yil 16 sentyabrdagi 19-02/3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda qo‘llanilishi jarayonlarning shaffofligi va optimalligini ta’minlaydi hamda jarayonlarni avtomatlashtirish zaruriyatini ishonchli bank tizimining istiqbolli tarkibiy qismi sifatida belgilab beradi. Natijada bankda jarayonlarni avtomatlashtirish, KPIlarni ishlab chiqish va takomillashgan SMT arxitekturasini yaratish loyihasi ishga tushirilgan;
integratsiyalashgan tizimda risklarni boshqarishning zamonaviy modeliga “bankning risk-madaniyati” amaliyotini kiritish taklifi ATB «Aloqa bank»ning 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan «Bankning risk-menejment siyosati»ga kiritilgan va bank faoliyatida joriy etilgan (ATB «Aloqa bank»ning 2021 yil 16 sentyabrdagi 19-02/3200-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan ushbu menejment modelidan foydalanish va model` amal qilishini qo‘llab turish uchun risk-madaniyatni yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan;
risklarni boshqarishning sifat menejmenti tizimida integratsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarining bank depozitlari va kreditlari o‘sishiga ta’sirining 2025 yilga bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan (ATB «Aloqa bank»ning 2021 yil 16 sentyabrdagi 19-02/3200-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi natijasida ATB «Aloqa bank»ning samaradorligi 8-10 foizga oshgan.