Kazakbaeva Dilrabo Djalalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek mumtoz adabiyotida tarji’band va tarkibband janrlarining takomili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1335.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida yaratilgan tarji’band va tarkibband janrlariga oid manbalar, ushbu janrlarning XX asr boshlariga qadar tadriji, shakliy va mazmuniy takomilini tarixiylik va zamonaviy adabiyotshunoslik talablaridan kelib chiqan holda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarji’band va tarkibbandlarning janr xususiyatlari asosida ularning irfoniy, tasavvufiy va rindona mavzulari, muallif g‘oyasi, an’anaviy obrazlar tizimi aniqlanib, asar strukturasida syujet va kompozisiyaning mumtoz adabiyot taraqqiyotida Hofiz Xorazmiy, Navoiy va Ogahiy ijodidagi o‘rni va mumtoz an’analarning Uvaysiy va Nodira asarlaridagi roli ochib berilgan;
o‘zbek adabiyoti tarixida muallifi noma’lum bo‘lgan tarji’band Hofiz Xorazmiy ijodiga tegishli ekanligi asarning qo‘lyozma nusxasi va mazmuni asosida isbotlangan;
Alisher Navoiy tarji’bandlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, qofiya, vazn va badiiy san’atlar nuqtai nazaridan yuksakligi, tasavvufiy, diniy-ma’rifiy, ishqi majoziy va ishqi haqiqiy kabi mavzular doirasida shakllanganligi dalillangan;
Muhammadrizo Ogahiy tarji’bandlarining obrazlar talqinidagi an’anaviylik, salaflari ijodidan samarali ta’sirlangani va asarlari ichki strukturasida shakl va mazmunning mutanosibligi va asar g‘oyasi bilan uyg‘unligi ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida tarji’band va tarkibbandning tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalardan:
tarji’band va tarkibband janrlarida Alisher Navoiy ijodi yuksak nuqtaga erishilganligi, XV-XIX asrlar she’riyatiga ko‘rsatgan ta’siri,uning mazkur janrlarda yozilgan asarlarimazmuniy mundarijasi, badiiy xususiyatlari va mumtoz she’riyatda tarkibband janrining murakkab shakl va mazmunga ega she’riy janrlardan biri ekani,qiyosiy tahlil tajribalaridan kelib chiqib, Uvaysiy va Nodira asarlari mahorat nuqtai nazaridan tahlil etilganligi, Ogahiy ijodiy merosida tarji’bandning tutgan o‘rni haqidagi xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilayotgan OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017-2020) fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 noyabrdagi 3/1255-3033-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyihaning Alisher Navoiy, Uvaysiy, Nodira va Ogahiy ijodiga bag‘ishlangan qismlari dissertantning ilmiy kuzatuvlari asosida batafsil ma’lumot berishga erishilgan;
adabiy tur va janrlar hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarining mumtoz adabiyotda aks etishi, Alisher Navoiy ijodiy merosida, xususan, “Xazoyin ul-maoniy” devonlari tarkibidagi tarji’band va tarkibbandlarning poetik jihatlari qoraqalpoq va o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodiga sezilarli ta’sir O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va tarixi tadqiqi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 avgustdagi 199/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti tarixida mumtoz shoirlar ijodida uchraydigan tarji’band va tarkibband janrlariga doir qarashlar kengroq yoritilgan;
o‘zbek xalkining boy adabiy merosi, xususan, o‘zbek mumtoz adabiyoti nafaqat Sharq mamlakatlari, balki umumturkiy adabiyotda dunyo xalqlari adabiyotshunosligiga munosib hissa qo‘shib kelayotganligi va shu bilan birga jahon adabiyotida Alisher Navoiy ijodining alohida o‘ringa ega ekanligi, shoir ijodidagi milliy o‘zlik g‘oyalari o‘zbek xalqi ildizlari bilan uzviy bog‘langanligi xalqimiz ma’naviy merosini yuksaltirish borasidagi ilmiy-amaliy taklif va xulosalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 28 sentyabrdagi 02/08-770-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir chora-tadbirlar dasturi mukammallashgan, milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganishda,Alisher Navoiy, Muhammadrizo Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi atoqli ijodkorlar asarlarini o‘rganish tajribasi targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan;
ozarboyjon mumtoz adabiyoti namoyandalari Nizomiy, Nasimiy ijodi hamda ozarboyjon adabiyotshunoslarining bilan o‘zbek olimlarining tarji’band va tarkibbandga doir qarashlarini qiyoslab ko‘rsatilgan nazariy xulosalardan Ozarboyjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining Ozarboyjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari bo‘limida “Qadim davr va o‘rta asrlar Ozarboyjon adabiyoti” mavzuidagi tadqiqotlarda foydalanilgan (AMEA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining 2021 yil 12 oktyabrdagi 02-242-son ma’lumotnomasi). Natijada Nasimiy ijodida tarji’band janrini tadqiq etishda, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi janrlar tarkibini o‘rganishda dissertatsiyadagi qarashlar nazariy asos sifatida yordam bergan.
Alisher Navoiy, Nodira, Ogahiy tarji’bandlari va tarkibbandlari poetikasiga doir kuzatishlar, ularning mavzu ko‘lami va badiiyati ochib berilgan dissertantning taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda va foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 01-40/1473-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida tilga olingan ko‘rsatuvlarning mavzu doirasi kengaygan, ularning mazmuni ilmiy dalillar bilan ta’minlangan va Navoiy, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira ijodining targ‘ib qilinishiga xizmat qilgan.