Ravshanova Gulara Poyanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat (1920-1930 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2020.2.PhD/Tar677.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor; Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va mustahkamlanishiga qarshi 1920-1930 yillarda olib borilgan qurolli harakat tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qashqadaryo vohasida amalga oshirilgan qurolli harakat stixiyali bo‘lmasdan, birinchi bosqichda, sovet hokimiyating o‘rnatilishi va unga qarshi kurash, ag‘darilgan amirni taxtga tiklash bo‘lganligi, ikkinchi bosqichda (1923-1930 yillar) qarshilik harakati milliy ozodlik kurashi pog‘onasiga ko‘tarilganligi isbotlangan;
umummilliy ozodlik harakatlarining kuchayishiga katta hissa qo‘shgan, vohada “Aksilinqilobiy tashkilot”ni tuzish jarayoni va istiqlolchilik harakatlarida bevosita ishtirok etgan vatanparvarlarning nomlari aniqlashtirilgan;
“Aksilinqilobiy tashkilot” faollarining katta qismi o‘ziga to‘q boylar va din peshvolari bo‘lishi bilan bir paytda, ularni sovet hokimiyatiga xizmat qilgan bir qator mahalliy rahbarlar hamda aholining barcha qatlatlari qo‘llab-quvvatlagani ochib berilgan;
sovet hukumatining qurolli harakat qatnashchilari va ularning yaqinlariga qarshi olib borgan siyosiy-harbiy tadbirlari, targ‘iboti, qishloqlarda tinch aholiga nisbatan jazo choralarini qo‘llashi (mol-mulki, oziq-ovqat, em-xashakning tortib olinishi va b.) kabi salbiy bilan holatlar vohadagi ijtimoiy muammolarni yanada keskinlashuviga sabab bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat (1920-1930) tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyati tomonidan XX asr birinchi choragida olib borilgan bosqinchilik siyosati va amaliyotiga qarshi mahalliy aholini olib borgan kurashi, mahalliy xalq ichidan etishib chiqqan omma yetakchilari, qo‘rboshilar va ularning jangovor harakatlari, dushmanga qarshi olib borgan ozodlik kurashi haqidagi materiallar Qashqadaryo tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarni yangi hujjat va materiallar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyining 2021 yil 28 oktyabrdagi 208-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi va mag‘lubiyatga uchrash sabablarini asoslash hamda bu jarayonda faol ishtirok etgan shaxslarning hayot faoliyatini ko‘rsatib berish imkonini bergan;
Qashqadaryo vohasidagi sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat tarixiga oid natijalardan 2020-2021 yillarda yakunlangan 67-10/136 “Madaniy meros – eng oliy qadriyat” davlat grantida ishlatilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat muassasasining 2021 yil 22 noyabrdagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijalarni amaliyotga qo‘llash qarshilik harakati a’zolarining faoliyati haqidagi yangi va qiziqarli ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatish imkoniyatini yaratgan;
Qashqadaryo vohasida 1920-1930 yillarda milliy-siyosiy ozodlik harakatiga boshchilik qilgan “Aksilinqilobiy tashkilot” va uning faoliyati, qo‘rboshilar va ularning jasoratlari, qahramonliklari, fojiali taqdirlari Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Moziydan sado” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda, shuningdek, “Munozara” nomli radio eshittirishi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 noyabrdagi 04-15/2164-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlarni mazmuni boyitishga xizmat qilgan.