Ruzmetov Maksud Ismoilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaylov erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Qx138.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek davlat er tuzish ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15 (Bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yuldashov G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, profesoor; Qurvontaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, profesoor; Nabieva Gulchexra Mirergashevna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini va geobotanik holatini aniqlash orqali yaylov erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan yaylov erlarining unumdorligi qiyosiy baholangan, tuproq skletliligi, gipslashganligi, sho‘rlanish va sho‘rtoblanish kabi chegaralovchi omillar tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir etmasligi asoslangan;
yaylov tuproqlarining qatlamlari qalinligi va xossa-xususiyatlariga bog‘liq holda sug‘oriladigan erlardagi kabi ekin turlarini etishtirish, bog‘-uzumzor, o‘rmon-mevali daraxtlar uchun maqbul ekanligi isbotlangan;
so‘nggi 40 yilda yaylovda degradatsiya jarayonlari kuchayganligi, chorva mollari emaydigan o‘simliklar ulushi tog‘, tog‘oldi yaylovlarida 9-15% dan 15-25% gacha, cho‘l yaylovlarida 10-15% dan 19-25% ga ko‘payganligi asoslangan;
tog‘, tog‘oldi va cho‘l-yaylovlarida o‘simliklar hosildorligi o‘rtacha 3,5 s/ga dan 2,8 s/ga ga (-0,8 s/ga) kamayganligi, 1 ta shartli mol boshi soniga to‘g‘ri keladigan maydon ulushi esa 20,6 gektardan 26,7 gektarga (+6,1) ko‘payganligi aniqlangan;
Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari tog‘ va tog‘oldi-yaylovlari geobotanik jihatdan «o‘rta», Buxoro viloyati cho‘l-yaylovlari esa «past» darajada baholangan;
atmosfera yog‘inlari miqdori yiliga 400 mm dan ko‘p tushadigan, tuproq qatlamlari mavjud bo‘lgan 2 mln 621 ming gektar yaylov erlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish, bog‘-uzumzor, o‘rmon-mevali daraxtlarni barpo etish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaylov erlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekistonning tabiiy yaylov va pichanzorlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma»si ishlab chiqilgan va respublikaning mavjud 21,1 mln gektar yaylovlarida geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02-05-77-48-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaning yaylov erlari kadastrining yuritilishi, yaylov erlarning me’yoriy qiymatini aniqlash hamda yaylovlardan samarali foydalanishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Tadqiqot ob’ektlarining tog‘, tog‘oldi yaylovlarining 1:25 000 hamda cho‘l-yaylovlarining 1:100 000 masshtabli elektron raqamli «Geobotanik xarita»larini yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02-05-77-48-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarning aniq hisobini yuritish, degaradatsiyaga uchragan yaylovlar maydonini aniqlash, chorva mollarini rotatsiya usulida boqish imkonini bergan, onlayn er geoportali (yer.geoportal.uz)ni yaratishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
Yangi takomilashtirilgan 2 ta yarim silindirli, jami 30 litr suv hajmga ega bo‘lgan bir necha marta qo‘llashga mo‘ljallangan «Suv yig‘ish qurilmasi» ishlab chiqilgan va Jizzax viloyati Zomin, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanlaridagi tog‘, tog‘oldi yaylov erlarida hamda Buxoro viloyati Vobkent va Buxoro tumanlari cho‘l yaylov erlarida tashkil etilgan pilot maydonchalarda tajriba sinovdan o‘tkazilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 02/022-3058-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy atmosfera yog‘inlari suvlarini yig‘ish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish, bog‘-uzumzor, o‘rmon-mevali daraxtlarni suv bilan ta’minlash imkonini bergan;
«Yer axborot tizimi «YAT» portali» ochiq portal dasturi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 02/022-3058-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ochiq portalda hujjatlar tizimini raqamlashtirishga erishilgan va shaffof mexanizm yaratilgan, jumladan, respublikaning viloyat, tuman, MFY, massiv kesimida erdan foydalanuvchilar va ularning kontur chegaralarini belgilash, tuproq sifati, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi, yaylovlar geobotanikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan ochiq foydalanishga imkon bergan;
«Qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jaligi ekin erlarini normativ qiymatini aniqlash» dasturi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 iyuldagi 02/022-3058-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturiy ta’minot er resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan tezkor ma’lumotlar taqdim etishda qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jaligi ekin erlarini normativ qiymatini aniqlash imkonini bergan.