Sadiev Valijon Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi,  ixtisoslik  shifri  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2049.
Ilmiy maslahatchi: Ergashov Yoqub Suvonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi  Bosh ilmiy-metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Halq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti, PhD.28/30.12.2019.Ped 68.01
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbonov Shavkat Ergashevich,  pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’limdagi innovatsion jarayonlarda OTM transformatsiyasini amalga oshirish mazmuni ijtimoiy-madaniy va innovatsion rivojlanish sohalarining boshqaruv va tashkiliy tuzilma hamda o‘qitish tizimlari o‘rtasidagi kooperativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish orqali asoslangan;
oliy ta’lim muassasi transformatsiyasining rivojlanish yo‘nalishlari (tashkiliy-tuzilmaviy, faoliyatli, antropologik, raqamli) mazmuni va ko‘rsatkichlari matrisasi barqaror-innovatsion rivojlanish (posttransformatsion) ko‘rsatkichlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlari oliy ta’lim muasasasi transformatsiyasini amalga oshirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish modeli komponentlari (tashkiliy-tayyorgarlik, amaliy-texnologik, natijaviy-mahsuldorlik, korreksiyalash) mazmuniga strategik tahlil va iinnovatsion menejmentni joriy qilish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muasasasi rahbar kadrlarining transformatsion liderligini rivojlantirish mazmuni transformatsion jarayonlarda boshqaruv  kompetentligini tavsiflovchi intellektuallik, emotsional barqarorlik, nostandart fikrlash, metakognitiv faollik  kabi kasbiy sifat ko‘rsatkichlari asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy pedagogik shart-sharoitlarini yaratishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
ta’limdagi innovatsion jarayonlarda OTM transformatsiyasini amalga oshirish mazmuni ijtimoiy-madaniy va innovatsion rivojlanish sohalarining boshqaruv va tashkiliy tuzilma hamda o‘qitish tizimlari o‘rtasidagi kooperativ uyg‘unligiga ustuvorlik berish bog‘liq takliflardan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasi transformatsiyasining rivojlanish yo‘nalishlari (tashkiliy-tuzilmaviy, faoliyatli, antropologik, raqamli) mazmuni va ko‘rsatkichlari matrisasi barqaror-innovatsion rivojlanish (posttransformatsion) ko‘rsatkichlarini belgilash bilan bog‘liq takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 oktyabrdagi 655-son “Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari transformatsiyasining normativ-huquqiy va tashkiliy-pedagogik sharoitlarini yaratish mexanizmlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi transformatsiyasining tashkiliy-pedagogik sharoitlari oliy ta’lim muasasasi transformatsiyasini amalga oshirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish modeli hamda oliy ta’lim muasasasi rahbar kadrlarining transformatsion liderligini rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlanmalar O‘zbekiston-Belarussiya hamkorligidagi “Zamonaviy AKT foydalangan holda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini ishlab chiqish”  loyihasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-5243-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning uzluksiz tizimini takomllashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish