Sadikov Nabijan Sabirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diafragmani qizilo‘ngach teshigi churralari bo‘lgan bemorlarda xirurgik davo natijalarini yaxshilash yo‘llari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/Tib112.
Ilmiy rahbar: Xashimov Shuxrat Xurshidovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Xadjibaev Farxod Abdixakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: protezli xiatoplastika, kaminvaziv texnologiyalar va past intensivli lazer nurlanishini joriy etish orqali diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinsi, yoshi, churra turiga, shuningdek gastroezofageal reflyuks kasalligining klinik jihatdan ahamiyatli ko‘rinishlariga bog‘liq xolda xiatal churralarda mahalliy patologik jarayon kechishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
yallig‘lanish jarayonining namoyon bo‘lishi reduksiyasi darajasini va barcha turdagi setkalar yuzasida biriktiruvchi to‘qimali kapsula paydo bo‘lish vaqtini tekshirish bilan past intensiv lazer nurlanish ta’sirida tikuv materiali sohasidagi to‘qimalar o‘zgarishining morfostrukturaviy dinamikasiga aniqlik kiritilgan;
eksperimental tadqiqotlar orqali, PROCEED va PROLEN bilan solishtirganda, protezli xiatoplastikani o‘tkazishda eng kam faollikdagi yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladigan PTFE tipidagi kompozit setkalarni implantatsiya qilishning afzalligi isbotlangan;
xiatal churra turiga, reflyuks ezofagitning og‘irlik darajasiga va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan xamrox xirurgik kasallikning mavjudligiga bog‘liq xolda tashrix usulini xamda xirurgik kirish yo‘lini (laparotomiya, laparoskopiya) differensial tanlashning asosiy taktik va texnik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi mavjud bemorlarni xirurgik davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasini xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosiba ishlab chiqilgan «Diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasini xirurgik davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 08-09/20115-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operativ aralashuv turini tanlashga differensiallashgan yondashuvni qo‘llash orqali diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasini tashxislash xamda xirurgik davolash taktikasini maqbullashtirishga imkon bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining umumiy va lazer xirurgiyasi bo‘limiga, shuningdek, RShTYoIM Xorazm filialining xirurgiya bo‘limiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 08-09/20115-son ma’lumotnomasi). Protez xiatoplastika va lazeroterapiyaning taklif qilingan usuli tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini 29,5% dan 4,5% gacha, uzoq muddatdagi spesifik asoratlar sonini 24,4% dan 9% gacha kamaytirishga imkon bergan.