Ruziev Umid Sanakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cemizlik va uglevodlar almashinuvi buzilgan bemorlarni davolashda oshqozonni shuntlash amaliyotining samaradorligini baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib986.
Ilmiy rahbar: Teshaev Oktyabr` Ruxillaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ospanov Oral Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi minigastroshuntlash amaliyotining ko‘rsatmalarini va texnik jihatlarini takomillashtirish xamda uning samaradorligini Ru bo‘yicha gastroshuntlashga nisbatan qiyosiy baholash orqali semizlik va qandli diabetning 2 tipi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlikka chalingan bemorlarda betta xujayralarining davomli giperfunksiyasi va turg‘un insulinrezistentlik asnosida insulin ajratib chiqarilishining pasayishi betta xujayralarining kamayishi xamda apoptoziga olib kelishi aniqlangan;
tana vazni indeksi uncha katta bo‘lmagan xolatda davom etuvchi insulinrezistentlik sharoitida va betta xujayralari apoptozining laborator belgilari bo‘lgan hollarda inkretin mexanizmlarini ko‘proq stimulyasiyasi uchun xazm jarayoni distalizatsiya darajasini pasaytirish maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
xavf omillarini aniqlash, xirurgik davolash natijalarini va samaradorligini bashoratlash orqali tana vazni indeksi, “NOMA” indeksi va semizlik bilan assotsirlangan QDning 2-tipi bilan kasallanish davomiyligi o‘rtasida patognomik bog‘liqlik borligiga aniqlik kiritilgan;
minigastroshuntlash amaliyotini amalga oshirish tashrixdan glikemiya darajasini nazorat qilish va turg‘un remissiya (to‘liq remissiyasi) ko‘rsatkichlarining me’yorlashuvi borasida bemor yoshi, morbid semizlik mavjudligi va QDning 2 tipi bilan kasallanish davomiyligidan kat’iy nazar 2 yildan keyin yuqori samaradorlik bilan tavsiflanishi aniqlangan;
Ru bo‘yicha gastroshuntlashga nisbatan minigastroshuntlashda xazm jarayonidan chiqarilgan uzunroq qovuzloq va keng gastroenteroanastomoz ovqat xazm qilishning samarali distalizatsiyasi orqali ko‘proq ortiqcha tana vazni yuqotilishiga va QDning 2 tipining mustaxkam (to‘liq) remissiyasiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlik va uglevodlar almashinuvining buzilishi bilan xastalangan bemorlarda gastroshuntlashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
semizlik va uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarni xirurgik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosiba ishlab chiqilgan «Semizlik va uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarni xirurgik davolash usulini tanlash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 08-09/20347-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomani joriy etish tashrixdan keyingi erta va kechki davrlarda morbid semizlikni xirurgik korreksiya qilish natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
semizlik va uglevod almashinuvining buzilishi bilan kasallangan bemorlarda oshqozonni shuntlash amaliyotining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va «TRUST MEDICAL CENTER» MChJ xususiy tibbiyot klinikasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 dekabrdagi 08-09/20347-son ma’lumotnomasi). Semizlik va qandli diabetning 2 tipi bilan kasallangan bemorlarda xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish natijasida tashrixdan keyingi asoratlar chastotasini 31,5% dan 2,4% gacha kamaytirishga, shifoxonada bo‘lish muddatini 9 kundan 4 kungacha qisqartirishga xamda hayot sifati ko‘rsatkichini yaxshilashga imkon bergan.