Maxmudov Suxrob Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1029.
Ilmiy rahbar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Oybek Abdimo‘minovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Innovatsion rivojlanish sharoitida mintaqalar iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlar  samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini murakkab indeksga keltirish usulida (composite index procedure) ishlab chiqilgan iqtisodiyotning tarkibiy rivojlanish indeksini (TRI) iqtisodiy salohiyat indikatorlarining quyi va yuqori chegaralarini aniqlash asosida baholash uslubiyoti takomillashtirilgan.
mintaqada tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda tarkibiy tuzilmasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi investisiya, mehnat resurslari, texnika-texnologiya bo‘yicha tartibga solinadigan taqsimot jarayonining YaHMga ta’sir qiluvchi omillarni ustuvorlik darajasi aniqlangan;
iqtisodiyot tarmoqlarining mintaqaviy rivojlanishga ta’sirini JoGG dekompozisiya vositasi va proporsional o‘zgarishlarni tahlilini baholashda  mintaqa iqtisodiyoti tarkibiy o‘zgarish darajasining miqdoriy o‘lchovini ifodalovchi “absolyut qiymat normasi” yordamida   mintaqa iqtisodiyoti drayverlarini va ixtisoslashuv darajasini aniqlash usuli  takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida tarkibiy rivojlanish darajasidagi hududlararo tabaqalashuvni qisqartirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqa iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Hududlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini baholashda muallif tomonidan taklif etilgan tarmoqlar samaradorligining yagona integral ko‘rsatkichidan Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining “o‘sish nuqtalari”ni, iqtisodiyotning tarkibiy rivojlanish indeksini (TRI) iqtisodiy salohiyat indikatorlarining aniqlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 27 avgustdagi 04/2516-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi viloyat hududlarida yuqori tadbirkorlik muhitini shakllantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Mintaqada tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirishda tarkibiy tuzilmasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi investisiya, mehnat resurslari, texnika-texnologiya bo‘yicha tartibga solinadigan taqsimot jarayonining YaHMga ta’sir qiluvchi omillarni ustuvorlik darajasi aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 01/00-03/09-7889-sonli, Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 27 avgustdagi 04/2516-sonli ma’lumotnomasi). Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2020 yilda Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi 2019 yilga nisbatan 103,7 foizga o‘sgan.
Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda Jahon Bankining JoGG dekompozisiya vositasi yordamida tarmoqlarning aholi jon boshiga YaHM o‘sishiga ta’sirini baholash hamda olingan natijalar asosida samaradorlik yuqori tarmoqlar orasida raqobatbardoshlariga ustuvorlik berish yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan 2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz tumanida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 27 avgustdagi 04/2516-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jami qiymati 6064,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan 5 ta investisiya loyihalari ishlab chiqilgan.
Mintaqalarning kompleks rivojlanish darajasini belgilashda foydalaniladigan Beta va Sigma yaqinlashuv (Beta and Sigma convergence) modellari negizida Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlarida tarkibiy rivojlanish darajasidagi hududlararo tabaqalashuvni qisqartirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ssenariylaridan hududiy investisiya loyihalarini amalga oshirish va yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2021 yil 27 avgustdagi 04/2516-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 01/00-03/09-7889-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi Qashqadaryo viloyatida hududlararo rivojlanishdagi tabaqalashuvni qisqartirish maqsadlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish