Karaboev Bekzodbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal qon ketishlarida endoskopik gemostaz texnologiyalarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1971
Ilmiy rahbar: Xakimov Dilshodbek Mamadalievich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti PhD.04/30.12.2019.Tib.95.01
Rasmiy opponentlar: Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori; Matkuliev O‘tkir Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi biomoslashuvchan preparat yordamida gastroduodenal qon ketishida endoskopik gemostaz texnologiyasini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gemorragik sindrom bilan asoratlangan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatidagi eroziv va yarali jarayonlarni mahalliy kompozit polimer material "Geprotsel" yordamida endoskopik davolash takomillashtirilgan;
in vivo sharoitida surunkali piloroduodenal yaraning eksperimental shakllangan modeli yuzasiga "Geprotsel" qo‘llanilib, preparatning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
tajribada oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdagi yara nuqsonga "Geprotsel" preparati qo‘llanilib, gemostatik va yopishqoq ta’siri sifatining namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlanagn;
gastroduodenal qon ketishida tavsiya etilgan usul orqali "Geprotsel" preparatini qullash preparatning gemostatik ta’sirini, qon ketishining qaytalanish xavfi va reparativ xususiyatlarni baholash natijalarining klinik afzalliklari asoslanagn;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yara etiologiyali gastroduodenal qon ketish kuzatilgan bemorlarni endoskopik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
gastroduodenal qon ketishlarida endoskopik gemostaz texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Gastroduodenal qon ketishlarida endoskopik gemostaz texnologiyalarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Yara etiologiyali gastroduodenal qon ketishni endoskopik davolashning tavsiya etilgan usuli yangi mahalliy polimerni qo‘llash yo‘li bilan endoskopik gemostaz natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
yara etiologiyali gastroduodenal qon ketishni endoskopik davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 1 va 2- xirurgiya bo‘limlari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining III xirurgiya bo‘limiga, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limiga hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining xirurgiya bo‘limlariga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilish natijalari gemorragik sindrom qaytalanishini 9,0% dan 1,9% ga, jarrohlik bilan davolash zaruratini 6,6% dan 1,1% ga qisqartirishga va o‘lim ko‘rsatkichini 1,7% dan 0,7%ga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish