Mirzaev Nodir Bahodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Poyabzal detallari uchun polimer-to‘qima (noto‘qima) qatlamli materiallarni yaratish», 05.06.03 - «Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.DSc/T287:
Ilmiy maslahatchi: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, professor; Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi termoizolyasion poyabzal detallari uchun polimer-to‘qima (noto‘qima) qatlamli materiallarni yaratish, struktur, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini aniqlash, ular asosida poyabzal konstruksiyasi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuya va qo‘y juni, turli trikotaj matolari, poliakril elim asosida issiqsaqlovchi poyabzal astarligi uchun yangi termoizolyasion, trikotaj-noto‘qima qatlamli materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
tabiiy va sintetik tolalar xomashyosi asosidagi trikotaj matoning geometrik tuzilishi bilan polimer-trikotaj qatlamli materiallarning uzilish kuchi, nisbiy cho‘ziluvchanlik va ediriluvchanlik ko‘rsatkichlarining bog‘liqliklari ishlab chiqilgan;
dag‘al tuya va qo‘y juni asosidagi noto‘qima mato uchun igna sanchish jarayonining texnik parametrlari: sanchishlar chastotasi, zichligi va mato ishlab chiqarish unumdorligini ratsional ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
tabiiy jun, poliakril elim va trikotaj tolalarining yuqori temperaturada siquvchi vallarning bosimi ostida ta’sirlashuvi natijasida qatlamlararo kimyoviy bog‘larning hosil bo‘lishligi, adgezion bog‘larning mustaxkamligi ortishligi aniqlangan;
tabiiy jun-trikotaj qatlamli materiallarni sidirg‘a elim bilan birlashtirish matoning fizik-mexanik: materiallarning uzilish kuchi, nisbiy cho‘ziluvchanlik va ediriluvchanlik ko‘rsatkichlarini hamda to‘rli elim bilan birlashtirish sanitar-gigienik: havo, bug‘ o‘tkazuvchanlik va issiqlik saqlash ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lishiga olib kelishligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
tuya junidan noto‘qima mato va qatlamli polimer materialni ishlab chiqarish texnologiyasi “Sayfullayeva M.” tadbirkorlik korxonasida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi №FB-7/1764-son ma’lumotnomasi). Natijada trikotaj-noto‘qima qatlamli polimer materialini ishlab chiqarish imkonini bergan;
poliuretan va termoplast ikki qatlamli tagligi tanovor bilan quyma usulda biriktiriladigan, astar sifatida tuya junidan tayyorlangan noto‘qima material qo‘llanilgan baland dastakli erkaklar poyabzali texnologiyasi “ULKAN LAZIZ” MChJ va “AZR, TEXTILE GROUP” MChJ korxonalarida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi №FB-7/1764-son ma’lumotnomasi). Natijada termoizolyasion poyabzalni tannarxini 9% kamayishiga erishilgan;
poliuretan tagligi tanovor bilan elimlama usulda biriktiriladigan, astar sifatida tuya junidan tayyorlangan noto‘qima material qo‘llanilgan baland dastakli erkaklar poyabzali texnologiyasi “CHARM POYABZAL INVEST” MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi №FB-7/1764-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus sohalar hizmatchilari uchun qishki poyabzal ishlab chiqarish imkonini bergan;
NBR rezina tagligi tanovor bilan quyma usulda biriktiriladigan, astar sifatida tuya va qo‘y junidan tayyorlangan noto‘qima material qo‘llanilgan baland dastakli erkaklar poyabzali texnologiyasi “POYAFZALCHI” MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2021 yil 29 iyundagi №FB-7/1764-son ma’lumotnomasi). Natijada poyabzalning orgonometrik, gigienik va estetik xususiyatlari 7-9 foizga yaxshilanishiga erishilgan;
poyabzallar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat Standartlari: “Harbiy xizmatchilar uchun bersasi baland botinka” (O’zDSt 3227:2017), “Harbiylar uchun xrom tuzlari bilan oshlangan charmdan tayyorlangan botinka va qo‘njsiz botinkalar” (O’zDSt 3227:2017), “Harbiylar uchun poyabzal qoliplari” (O’zDSt 3229:2017), “Oyoq panjasini o‘lchash uslubi va harbiylar uchun poyabzalning o‘lchov-to‘lalik assortimentini hisoblash” (O’zDSt 3230:2017) ishlab chiqildi. Natijada harbiy xizmatchilar qishki poyabzali uchun normativ xujjatlar kompleksi ishlab chiqish imkonini bergan.