Qurbonova Firuza Zaripovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yassi materiallarga mexanik ishlov berish jarayonlarini takomillashtirish uchun vallar juftligining o‘zaro ta’siri
tadqiqi” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.1.PhD/T1006.
Ilmiy rahbar: Xurramov Shavkat Raxmatullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Arxitektura qurilish istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich‚texnika fanlari doktori‚ professor; Xojimatov Rasuljon Solievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yassi materiallarga valokli mashinalar yordamida mexanik ishlov berish jarayonda vallar juftligidagi kontaktli yuza ta’sirini oshirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asimmetrik vallar jufligining kontakt burchaklari uchun analitik ifodalar va ularni maqbul bosim berish qiymatlarini baholash shartlari aniqlangan;
kontaktlashayotgan jismlarning deformatsiyaviy xossalari reologik modellar orqali berilganida vallar juftligidagi kontakt egri chiziqlari shakllarining va kontakt kuchlanishlari taqsimot qonuniyatlarining matematik modellari yaratilgan;
kontaktlashayotgan jismlarning deformatsiyaviy xossalari reologik modellar orqali berilganida kontakt egri chiziqlarining geometrik va kinematik ko‘rsatkichlarini hamda vallar juftligidagi energiyaviy kuch parametrlarini hisoblash uchun analitik echimlar topilgan;
charm yarim mahsulotini valokli siqish parametrlarini optimallashga imkon beruvchi charm yarim mahsuloti deformatsiyaviy xossalarining, kontakt egri chiziqlarining va charm yarim mahsuloti qoldiq namligining tajribaviy matematik modellari yaratilgan;
bosimning xarakteristikasi sifatida solishtirma bosimdan foydalanadigan charm yarim mahsulotini valokli siqish optimal parametrlarini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Charm mahsulotlarini ishlab chiqarishda materiallarga valokli mashinalarda mexanik ishlov berish jarayonlaridagi parametrlarini optimallash va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
charmni valokli mashinalar bilan siqish jarayonini matematik modellashtirish va takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan tadqiqodlar negizida olingan charm yarim mahsulotini valokli siqish jarayonining nazariy natijalari, volokli siqishning samaradorligini aniqlashning hisoblash formulalari va charmni yarim mahsulotini valokli siqishning optimal parametrlarini aniqlash metodikasi «O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining korxonalarida xususan «QARSHI LEATHER» MChJ, «ULKAN-LAZIZ» MChJ, «OSIYO CHARM FAYZ» MChJ da («O‘ZChARMSANOAT» uyushmasining 2021 yil 12 oktyabrdagi FB-7/2651-son ma’lumotnomasi) ishlab chiqarishga joriy qilingan;
natijada charm korxonalarida tabiiy charm ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini takomillashtirish orqali iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan.