Qosimov Axtam Akramovichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘p qatlamli murakkab to‘qimalarning shakllanish jarayonini matematik modellashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.2.PhD/T1171.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek To‘lanbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zununovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, PhD, dotsent    
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p qatlamli murakkab to‘qimalarning matematik modellarini olish orqali to‘qima yuza zichligi, kirishishi, nam shimishi kabi xossa ko‘rsatkichlarini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p qatlamli to‘qimani yumshoqlik, gidrofillik va uzish kuchini baholash uchun ipning chiziqli zichligi, tola tarkibi va to‘qimaning yuza zichligini hisobga olib matematik model olingan;
tukli to‘qimani ishlab chiqarishda ip uzunligi va iplarni egilishdagi qisqarish miqdorini hisoblash orqali tannarxni aniqlash matematik modeli ishlab chiqilgan;
ko‘p qatlamli to‘qimada 1 sm2 yuzadagi tuk iplarining uzunligi hamda balandligini to‘qimaning xossalari: havo o‘tkazuvchanligi, namlikni yutish vaqti hamda namlik darajasini baholash uchun dastur yaratilgan;
to‘qimaning xossa ko‘rsatkichlarini o‘zaro bir biri bilan bog‘liq omillarini korrelyasion tahlil qilish asosida zichligi, gilrofilligi, yuza zichligi, yumshoqligi, iplarning yo‘g‘onligi va tuk balandligini matematik modellari qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilikda tukli to‘qima matolarini xossalarini ip xossalari bilan bog‘liqligining matematik modelini ishlab chiqish hamda har bir me’zon bo‘yicha maksimal va minimal qiymatlarga erishuvchi ob’ektiv usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p qatlamli murakkab to‘qimalarning shakllanish jarayoni Namangan viloyatidagi «Barkas Textile» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 avgustdagi №03/14-2515-son ma’lumotnomasi). Natijada arqoq ipining texnologik xossasini me’yorlash orqali sochiq mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi enini kirishishi, chiqindi va xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan;
yangi turdagi sochiq mahsulotlarini Namangan viloyatidagi «Namangan paxta teks» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 26 avgustdagi №03/14-2515-son ma’lumotnomasi). Natijada arqoq ipini tolaviy tarkibini o‘zgartirish orqali to‘qimani kirishishi va xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish