Amonov Abduraxmon Rafiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Polimer kompozit qoplash qurilmasi ishchi organlari va yuritish mexanizmlari konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblash metodlari” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/T1598.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Daliev Shuxratjon Latibjonovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi brezent materiallarni tikilgan choklariga polimer kompozitini qoplab, uni quritib mustahkamligini oshirish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
brezent materialining tikilgan choklarining mustahkamligini oshirish uchun polimer kompozisiyasi bilan qoplash, quritish va suv o‘tkazmasligini ta’minlaydigan qurilmasi konstruksiyasi yaratilgan;
qurilmaning qayishqoq sirti siqish roligini tebranishlarini ifodalovchi matematik modeli olingan, analitik echish asosida harakat qonuni, bog‘lanish grafiklari aniqlandi va parametrlari asoslandi;
polimer qoplovchi roligi, rezinali vtulkasi va brezent choklari orasini o‘zaro ta’sirini inobatga olib vtulkaning bikrlik koeffisientini hisoblash formulasi ishlab chiqilgan hamda polimer sarfini kamaytiruvchi rolik radiusi va qamrov burchagi qiymatlari aniqlangan;
brezent choklariga polimer qoplash va quritish uskunasida elektrotenzometrik sxemadan foydalanib bosh valdagi burovchi moment, aylanish chastotasini, rolikning yuklanishini, polimer sarfini, qizdirish zonasidagi haroratni o‘zgarish qonuniyatlari hamda parametrlarining o‘zaro bog‘lig‘lik qonuniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tikilgan  materiallar choklarining mustahkamligini oshirish maqsadida polimer kompozisiyasini qoplash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish natijalari asosida:
tikilgan brezent materiali choklarining mustahkamligini oshirish maqsadida polimer kompozisiyasini qoplash qurilmasi Buxoro viloyati “ECO FABRIC” MChJ hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “SHOFIRKON EKVOTARIAL TEKS” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03/03-2737 sonli ma’lumotnomasi); Ilmiy tadqiqot natijasida  polimer kompozit qoplash qurilmasining uzatuvchi mexanizmlari konstruksiyasi qo‘llanilganda brezent choklarning mustaxkamlik darajasi 1,5-2 martaga oshganligi hamda tikilgan iplarning uzilishi kamayganligi kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish