Saidmurodov Kamol Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaxshi sifatli yiringli xolangitni kompleks xirurgik davolashda taktik-texnik jixatlarini optimallashtirish», 14.00.27– Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib.1106.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori; Maxmadov Farux Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘t-tosh kasalligi oqibatida rivojlangan yaxshi sifatli o‘tkir yiringli xolangitni jarroxlik usulida kompleks davolashning taktik-texnik jixatlarini maqbullashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik materialda o‘tkir yiringli xolangitni jarroxlik usulida davolashning qoniqarsiz natijalari, o‘lim xolatlari va yiringli-septik asoratlarning sabablari aniqlangan;
o‘tkir yiringli xolangitning og‘irlik darajalarini inobatga olgan xolda kaminvaziv dekompressiv aralashuvlarni qo‘llash bilan bosqichma-bosqich davolashning optimal taktikasini tanlash omillari aniqlangan;
o‘t yo‘llarini natriy gipoxloritning 0,06% anolitli va katolitli eritmalarini navbat bilan drenaj orqali yuborish bilan perfuzion sanatsiya qlish usuli ishlab chiqilgan;
o‘t-tosh kasalligining asorati sifatida rivojlangan o‘tkir yiringli xolangitni tavsiya etilgan kompleks jarroxlik yo‘li bilan davolashning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaxshi sifatli yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘tkir yiringli xolangitning diagnostikasi va jarroxlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir yiringli xolangitning diagnostikasi va jarroxlik yo‘li bilan kompleks davolash usullari» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 iyundagi 8 n-r/592-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma yaxshi sifatli yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashning sifatini yaxshilashga va bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarining kamayish imkonini bergan;
o‘tkir yiringli xolangitning diagnostikasi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir yiringli xolangitning diagnostikasi va jarroxlik yo‘li bilan davolash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 8n-r/563-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma yaxshi sifatli yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolash bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarining kamayishiga olib kelgan
yaxshi sifatli yiringli xolangitning diagnostikasi va jarroxlik usulida davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy yangiliklar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati va Samarqand viloyati filiallari, Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining xirurgiya bo‘limlariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-z/237-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida yaxshi sifatli yiringli xolangit bilan kasallangan bemorlarga ixtisoslashgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lami sezilarli darajada oshdi va jarroxlik amaliyotidan keyingi erta asoratlarning 24,5% dan 12,1% gacha, o‘lim ko‘rsatkichining 8,2% dan 2,4% gacha kamayishiga erishilgan.