Gaibov Jamshid Abdumalikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik pufagi urotelial o‘smalari morfologik diagnostikasining zamonaviy jihatlari» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib940
Ilmiy rahbar:Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Gulbaxor Baxshillaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siydik pufagi saratonining morfologik, immunofenotipik o‘ziga xosliklarini, muntazam amaliyotda o‘zaklilik markerlarining rolini o‘rganish va ushbu xosilalarni tasdiqlash uchun yanada mukammal tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik pufagi xosilalarida tashxisiy–ahamiyatli morfologik immunofenotipik o‘zgarishlar aniqlangan;
siydik pufagi urotelial havfli o‘smalariga kengaytirilgan morfologik tavsifi asoslangan;
urotelial havfli o‘smalarni tashxislashda klassik immunogistokimyoviy markerlarning tashxisiy parametrlari takomillashtirilgan;
ilk bor saraton genomi Atlasi (TCGA) tasnifi asosida urotelial saratonning aksariyat gistologik variantlari molekulyar profili aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siydik pufagi urotelial o‘smalari morfologik diagnostikasining zamonaviy jihatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
urotelial havfli o‘smalarni tashxislashda klassik immunogistokimyoviy markerlarning tashxisiy parametrlari takomillashtish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Siydik pufagi urotelial o‘smalari immunogistokimyoviy tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-r/557-son ma’lumotnomasi). Natijada, gistologik va immunogistakimyoviy mezonlari asosida siydik pufagi urotelial o‘smalari ishonchli morfologik diagnostikasini o‘tkazish imkonini bergan;
siydik pufagi urotelial o‘smalari morfologik diagnostikasining zamonaviy jihatlarini baholashni takomillashtirish asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining (RIO va RIATM) patomorfologiya bulimi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/333-son ma’lumotnomasi). Natijada, bemorlarga vaqt jixatdan va iqtisodiy xarajatlari kamroq bo‘lgan sifatli va maqsadli ixtisoslashtirilgan davolanish imkonini bergan.