Baliev Shavkat Kuchkarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sigirlarda endometritni davolash va oldini olishni takomillashtirish», 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.1.PhD/V3.
Ilmiy rahbar: Eshburiev Baxtiyor Mamatqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Mamatov Shavkat Sodiqovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sigirlar orasida bachadon kasalliklarining asosiy qismini tashkil etgan endometritlarning uchrash darajasi, sabablari, kechish turlarini aniqlash, tezkor tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qormolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari sharoitida mahsuldor sigirlarda endometritlarning kelib chiqish sabablari va kechish turlari aniqlangan;
endometrit bilan kasallangan sigirlar servikal kanalidan olingan patologik materiallarda mikroorganizmlarning asosiy turlari aniqlangan hamda ularning antibiotiklar va terapevtik vositalarga sezuvchanligi aniqlangan;
mahsuldor sigirlarda tuqqandan keyingi endometritni davolashda «Karbokaz» preparatini «Uteraton» preparati bilan birgalikda qo‘llash uslubi yaratilgan;
sigirlarda endometritlarni oldini olishda «Karbokaz» preparatini qo‘llash hamda oziqlantirish va parvarishlash sharoitlarini zoogigienik talablarga moslashtirishni o‘z ichiga olgan profilaktik majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sigirlarda endometritni davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining «Sigirlar endometritini oldini olish usulini ishlab chiqish» (№IAP 05406), «Yirik shoxli hayvonlarning embrional o‘limini oldini olish uchun preparat» ishlanmalariga patentlar olingan (№IAP 05937) va veterinariya amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 26 avgustdagi 02/23-255-son ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarda endometritlarni ertachi tashxislash, davolash va oldini olishga erishilgan.
Endometritga tashxis qo‘yishda samarali usulning qo‘llanilishi, davolash va oldini olish tadbirlarini yaxshilanishi hisobiga mazkur kasallikning uchrashi 1,5-2,0 martaga kamaygan, yillik iqtisodiy samaradorlik 1 bosh hisobiga 6,5 mln. so‘mni, sarflangan 1 so‘m harajatga o‘rtacha 27,24 so‘m iqtisodiy foyda olindi (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 26 avgustdagi 02/23-255-son ma’lumotnomasi).
Sigirlarda endometritni davolash uchun «Karbokaz» preparatini qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining Pastdarg‘om tumani «Chortut» fermer xo‘jaligi, «Besh bola» Kitob tumanidagi «Nigina bonu Said qizi D» chorvachilik xo‘jaliklariga joriy qilingan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 26 avgustidagi 02/23-255-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik xo‘jaliklarida sigirlarda endometritni davolashda mahalliy Karbokaz preparatini qo‘llash bilan ularning 75-85% sog‘ayishiga erishilgan.