Eshnazarov Mehriddin Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini takomillash¬tirish (Ichki ishlar organlari faoliyati misolida)”, 12.00.14. – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu151.
Ilmiy rahbar: Xujakulov Siyovush Baxtiyorovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respub¬likasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Muhammadkarim Shermatovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini takomillashtirishga doir ilmiy xulosa, amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonun hujjatlariga ma’muriy nazorat ostidagi shaxsning talabiga ko‘ra, u bilan o‘tkaziladigan yakka tartibdagi profilaktik suhbatning advokat, jamoat¬chilik, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindosh¬lari ishtirokida o‘tkazilishi lozimligini belgilovchi qoidani kiritish zarurati asoslantirilgan;
ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalarining huquqbuzarlikdan jabrlangan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquq¬bu¬zar-lik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish muassa-salaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralarini tashkil etish sohasidagi funksiyalarini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berish lozimligi isbotlangan;
huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etish ehti¬moli yuqori bo‘lgan ayrim toifadagi voyaga etmaganlar va yoshlarni aniqlash va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan “O‘quvchi”, “Davomat”, “O‘smir”, “G‘amxo‘rlik” kabi huquqbuzarliklarning maxsus profilaktik tadbirlari ichki ishlar organlarining idoraviy normativ hujjatlari asosida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi zarurligi asoslantirilgan;
alohida turdagi huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbir¬larning Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, hududiy va mahalliy ichki ishlar organ¬larining boshqaruv qarorlari asosida tashkil etilishi mumkinligini qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qonunchilikga ma’muriy nazorat ostidagi shaxsning talabiga ko‘ra, u bilan o‘tkazilagan yakka tartibdagi profilaktik suhbatning advokat, jamoat¬chilik, fuqa¬rolar o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindosh¬lari ishtirokida o‘tkazilishi lozimligini belgilovchi qoidani kiritishga doir taklifdan O‘zbe¬kiston Respublikasining 2019 yil 2 apreldagi “Jazoni ijro etish muassasa¬laridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-532-son qonunining 16-moddasi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 24 oktyabr¬dagi 06/1-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi nazorat ostidagi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlash daraja¬sini oshirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalarining huquqbuzarlikdan jabrlangan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, huquq-buzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabi¬litatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralarini tashkil etish sohasi¬dagi funksiya¬larini normativ hujjatlarda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 11 iyuldagi 181-son buyrug‘i bilan tasdiq¬langan “Ichki ishlar organ¬larining huquqbuzarliklar profilak¬tikasi bo‘lin¬malari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 124-bandi “v” kichik bandini ishlab chiqishda foydala¬nilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 30 oktyabrdagi 26/5-3355-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining huquqbuzarlikdan jabrlangan, huquq¬buzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlan¬gan va ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod qilingan xotin-qiz¬larni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslash¬tirishni tashkil etish sohasidagi mas’uliyati hamda javobgarligini oshirishga xizmat qilgan;
huquqbuzarlik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etishga moyilligi bo‘lgan ayrim toifadagi voyaga etmaganlar va yoshlarni aniqlash va ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan “O‘quvchi”, “Davomat”, “O‘smir”, “G‘amxo‘rlik” kabi huquq-buzarliklarning maxsus profilaktik tadbirlari ichki ishlar organlarining idoraviy normativ hujjatlari asosida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyul¬dagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining huquq¬buzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliya¬tini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 50-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 07 avgustdagi 26/5-2224-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi voyaga etmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishining huquqiy mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
alohida turdagi huquqbuzarliklarning sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, ayrim toifadagi shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan maxsus profilaktik tadbirlarning Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, hududiy va mahalliy ichki ishlar organlarining boshqaruv qarorlari asosida tashkil etilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 25 avgustdagi 191-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari tomonidan huquq¬buzarliklar profilaktikasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqno¬maning 22-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 7 avgustdagi 26/5-2224-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif¬larning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi faoliyatini tartibga solish va takomillashtirishga xizmat qilgan.