Allanazarov Oybek Davranovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu164.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Faxritdin Muxitdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mo‘minov Bexzod Abduvaxobovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar jinoyatlarini tergov qilish amaliyotida vujudga kelayotgan muammolarning sabablarini tahlil etish, ularning strukturaviy xususiyatlarini ochib berish hamda shu sohaga oid nazariyani, amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish himoyachi va qonuniy vakil ishtirokida amalga oshirilishi zarurligi asoslab berilgan;
voyaga etmagan ayblanuvchiga surishtiruv va dastlabki tergov tamomlanganligi e’lon qilish hamda ish materiallarini tanishtirish jarayonida qonuniy vakili ishtirok etishi zarurligi asoslantirilgan;
ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, rivojlanishida o‘z yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘liq anglab etishga qodir bo‘lmaganligi sababli o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirilgan voyaga etmagan shaxsni alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berish, kasb-hunarga o‘rgatish va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan;
voyaga etmaganlar jinoyatlarini tergov qilishda jinoyat protsessi ishtirokchilarining lotin yoki kirill alifbosidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish huquqi, shuningdek o‘qishni bilmaydigan jinoyat protsessi ishtirokchilariga tegishli mutaxassislarning ishtiroki ta’minlanishi zarurligi asoslantirilgan;
voyaga etmagan shaxsni ziddiyatli vaziyatlarda so‘roq qilishda “afsonaga yo‘l qo‘yish”, kutilmaganda savollar berish va dalillarni taqdim qilish kabi bir nechta taktik usullarning bir vaqtda qo‘llanilishi, shuningdek tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rishda tanib olinuvchining tashqi qiyofa belgilarini og‘zaki portret usulidan foydalangan holda aniqlashtirilishi ushbu tergov harakatlarini amalga oshirishda muhim va samarali tergov metodlari sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
voyaga etmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish himoyachi va qonuniy vakil ishtirokida amalga oshirilishi zarurligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-587-son qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 553-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 16 noyabrdagi 05/1-01/199-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritishda voyaga etmaganlar huquq va manfaatlarining kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan ayblanuvchiga surishtiruv va dastlabki tergov tamomlanganligi e’lon qilish hamda ish materiallarini tanishtirish jarayonida qonuniy vakili ishtirok etishi zarurligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-587-son qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 559-moddasi birinchi qismiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 16 noyabrdagi 05/1-01/199-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi surishtiruv va dastlabki tergov tamomlash jarayonida qonun talablari buzilishining oldini olishga xizmat qilgan;
voyaga etmagan shaxs ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, rivojlanishida o‘z yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘liq anglab etishga qodir bo‘lmagan hollarda uni alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta’lim berish, kasb-hunarga o‘rgatish va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirilishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 oktyabrdagi 880-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 21-bandi ikkinchi kichik bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi 12/21-25-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi o‘z yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga etmagan shaxslarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiyasi maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilishiga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlar jinoyatlarini tergov qilishda jinoyat protsessi ishtirokchilarining lotin yoki kirill alifbosidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish huquqi, shuningdek o‘qishni bilmaydigan jinoyat protsessi ishtirokchilariga tegishli mutaxassislarning ishtiroki ta’minlanishiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 12 iyundagi 100-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 54-bandi “v” kichik bandi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Departamentining 2020 yil 14 oktyabrdagi 18/-5966-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi o‘tkazilgan tergov harakatlari bo‘yicha tuzilgan protsessual hujjatlar bilan tanishib chiqishda voyaga etmagan shaxslarning huquqlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
voyaga etmagan shaxsni ziddiyatli vaziyatlarda so‘roq qilishda “afsonaga yo‘l qo‘yish”, kutilmaganda savollar berish va dalillarni taqdim qilish kabi bir nechta taktik usullarning bir vaqtda qo‘llanilishi, shuningdek tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rishda tanib olinuvchining tashqi qiyofa belgilarini og‘zaki portret usulidan foydalangan holda aniqlashtirish kabi samarali tergov metodlarini qo‘llashga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalarida voyaga etmaganlar jinoyatlarni tergov qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Departamentining 2020 yil 14 oktyabrdagi 18/-5965-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi voyaga etmaganlar ishtirokida o‘tkaziladigan tergov harakatlarida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish